“QILIÇBOY” MADANIYaT MARKAZIDAGI TÖGARAKLARDA ISTEʼDODLI YoŞLARGA SANʼAT SIRLARI ÖRGATILMOQDA
Qiliçboy ovulidagi Madaniyat va aholi dam oliş markazi nafaqat sanʼatsevarlar, balki ovul ahli uçun ham sevimli maskanga aylandi. Markazda taşkil etilgan tögaraklarda yoşlardagi isteʼdodlar kaşf qilinib, ularning yanada şakllanişiga kömaklaşilmoqda.
Ötgan yili qayta taʼmirlanib, zamonaviy qiyofaga keltirilgan markazda faoliyat körsatayotgan “Aşula” va “Drama” tögaraklari 2017-yilda taşkil qilingan bölib, hozirgi paytda 40 nafardan ziyod isteʼdodli yoşlar sanʼat sirlarini örganişmoqda. Ularga tajribali ustozlar Öktam Bozorboyev hamda Mirsaid Qodirovlar qöşiqçilik va aktyorlik mahoratini örgatib kelmoqda. Tögarak aʼzolaridan D.Xudoyberganov, S.Bektursunova, Q.Matsafoyev, J.Bahromov, I.Madaminov, O.Örozmetov, I.Ollaberganov va boşqalar turli tadbirlarda öz isteʼdodlarini namoyiş etib, faol iştirok etişmoqda.
Tögarakning isteʼdodli aʼzolari, ayniqsa, tuman miqyosida ötkazilgan “Nihol”, “Yagonasan, muqaddas Vatan!” körik-tanlovlarida öz faolliklarini körsatdilar.
“Qiliçboy” madaniyat markazi tomonidan tögarak aʼzolari uçun sayohat uyuştirilib, Nukus şahridagi I.Savitskiy nomli sanʼat muzeyiga va Bolalar qöğirçoq teatriga tomoşaga olib borildi.
N.EŞÇANOVA,
tuman Madaniyat markazi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶