ÖZBEKISTON MAHALLASIDA YaŞOVÇI PAYHONA OSIYo ÇEMPIONATIDA IŞTIPOK ETADI
Payhona Şomurodova Kuyuk köpir ovulidagi Özbekiston mahallasida joylaşgan 44-sonli maktabning aʼloçi öquvçisi. U fanlarni çuqur özlaştiriş bilan birga sportning şaxmat turi bilan şuğullanadi. Dastlab şaxmat donalarini surganda u 6 yoşida edi. Oilada bobosi bilan dadasining şaxmat öynaşini kuzatib ötirib, bu sport turining sirlarini sinçkovlik bilan örganişga intildi. Nevarasining qiziqişlariga eʼtibor bergan Şomurod ota Ibodullayev böş vaqtlarida Payhonaga şaxmat sirlarini örgata boşladi. U juda qisqa fursat içida oila şaxmat taxtasining ğolibiga aylandi. Bobosi, dadasi, enasi, opa-singillarining hammasini yengdi. Öqişga bölgan iştiyoqi balandligidan 1-sinfga borguniga qadar alifboni örganib, bemalol öqiydigan böldi.
44-sonli maktab direktori Aminboy Yeşimbetov bu jajji qizaloqning iqtidorini östiriş va unga imkoniyat yaratib beriş maqsadida maktabda şaxmat tögaragi faoliyatini yanada jonlantirişga, sinflararo musobaqalar taşkil etişga alohida eʼtibor qaratdi. Payhona şaxmat musobaqalarida avval öz sinfdoşlarini, söngra butun maktabdoşlarini ortda qoldirdi. 10 yoşgaça bölgan bolalar örtasida ötkazilgan maktablararo va hududiy musobaqalarda unga teng keladigan şaxmatçi topilmadi. Şaxmat sporti böyiça 10 yoşgaça bolalar örtasida ötkazilgan musobaqalarning tuman va Qoraqalpoğiston Pespublikasi ğolibi böldi.
Yaqinda Payhona yana bir nufuzli musobaqada iştirok etdi. Şaxmat böyiça 10 yoşgaça bölgan qiz bolalar örtasida Özbekiston Pespublikasi çempionatining kumuş medal sohibasi böldi va 2019-yilning yoz oylarida bölib ötadigan Osiyo çempionatiga yöllanma oldi.
Sportdagi bu yutuği uçun 44-sonli maktabning 3-sinf öquvçisi Payhona Şomurodova Özbekiston Pespublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining II darajali Diplomi va qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlandi.
Ayni kunlarda Payhona Şomurodova Osiyo çempionatida iştirok etiş uçun puxta tayyorgarlik körmoqda. Biz Payhona Şomurodovaning yanada yuksak natijalarga erişişiga tilakdoşmiz.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶