IÇKILIK – UMR ZAVOLI
Har qanday jamiyat turli davrlarda aroqxörlikka qarşi kuraş oçgan, uni tagtugi bilan yöqotiş yöllarini izlagan. Biroq şunça urinişlar kutilgan samarani berolmagan. Çunonçi, 1929-yili AQŞ Kongressi aroqxörlikka qarşi kuraşga daxldor maxsus tadbirlar işlab çiqqan, unda qattiqqöllik şu darajaga borib yetganki, aroqxörlikka mukkasidan ketgan va tuzalmas deb topilganlar uçun, hatto ölim jazosi tayinlangan. Lekin oqibatda... mamlakatda aroqxörlar soni köpaysa, köpaygan, aslo kamaymagan.
Maʼlumki, Islomga qadar Arabiston yarim orolida va kurrai zaminning boşqa mintaqalarida mast qiluvçi içimlik içiş keng tus olgan. Jamiyat, davlat undan qançalar köp jiddiy talofat körmasin, heç kim, heç qaçon aroqxörlarni bu odatlaridan tiya olmagan.
Payğambarimiz (s.a.v) Alloh amri bilan xamrning harom ekanini eʼlon qilganlaridan keyin musulmonlar uni içişdan tiyilganlar.
Alloh taolo insonga tafakkur bağişlab, uni yer yuzidagi jonzotlar içida eng azizi va mukarrami qilib yaratdi. Xuddi şu tafakkur, aql bilan inson yaxşini yomondan, ezgulikni yovuzlikdan ajratiş qobiliyatiga ega böldi. Ana şu aql-farosat sohibi bölgan odamlar orasida aroqxörlik keyingi yarim asr mobaynida urf bölib ketdi. Ziyofat bersak, töy qilsak ham dasturxonga aroq tortamiz, göyo şu bölmasa, töyimiz ötmay qoladigandek. Na Xudodan qörqamiz, na bandadan uyalamiz. Bu jamiyatni inqirozga olib boradigan katta illat ekanini öylamaymiz.
Taassuflar bölsinki, jamiyatda aql va qalb yöriğidan çiqqan, insonga zid işlar qiladigan kimsalar ham borki, ular öz qilmişlari bilan nafaqat özlariga, balki butun jamiyatga zarar yetkazadilar..
Yaqinda sal mazam qoçib, döxtirga körindim, dorixonaga borib, buyurilgan dorilarni xarid qildim. Endi taşqariga çiqmoqçi edim, bir odam kelib:
– E, otaxon, ahvolim yomon, men ham kasalmandman, men ham dori olişim kerak, ammo pulim yöq, – dedi.
Yordamga şoşib, kissamni kavlasam, 7 ming söm pul bor ekan, berdim. Şahardagi jiyanimning uyiga borib dam oldim. Tuşdan keyin uyga qaytmoqçi bölib kelayotgandim, qarasam, yölak çetida, çim ustida haligi mendan doriga, deb pul olgan “kasal” tanişim tuproqqa belanib yotibdi. Hayron böldim, kasali xuruj qilib yotganmikan, degan xayolga bordim. Ertasiga yötalga qarşi dori olay deb dorixonaga kirsam, sotuvçi qiz:
– Keça siz pul bergan odamingiz oşnangizmi? – deb söradi.
– Yöq, tanimayman, – dedim.
– Rosa töpolon qildi, meni haqoratlab, sizdan olgan pulining hammasiga spirt ber, dedi. Men retsept söradim, retsepti yöq ekan, spirt bermadim.
Şunda men unga pul berganimga qattiq xijolat böldim. Qaylardandir topib içibdi.
Oradan 20 kun ötib yana uçratib qoldim. Meni körib yugurib keldi.
– Eh ota, men badbaxt yöldan adaşdim. Toğamdan pul olib, jarima ham töladim. Söqqaboşman, men sizni 6 oy burun körib edim. Falon yerda uçraşib edik, ötirişda yaxşi sözlar aytdingiz, men sizdek odamga söz beraman. Endi qaytib zahri qotilni oğzimga olsam odammasman, – deb söz berdi.. Men unga ğazab qilmadim, yaxşi maslahatlar bilan könglini kötardim.
– Toğangni norozi qilma, olgan pulingni tezda qaytarib, duosini ol, – dedim va işlaş uçun yaxşi insonlarga qöşdim. Hozir ahvoli yaxşi. 2 farzandli bir ayolga uylanibdi. Ayoli ham dono ayol ekan, yigitni soğlom hayotga qaytardi..
Mana azizlar, yaxşidan şarofat, yomondan kasofat, deb şuni aytadilar-da.
Islom aql idrokka, soğliqqa zarar yetkazadigan har qanday içimlikni man qilgan. Ey azizlar,buni aslo unutmaylik.
Abdulla MAXSUM, Toşyop ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶