Yangiliklar, voqealar, xabarlar
Duşanba - nuroniylar kuni
Duşanba - "Olmazor" mahallasida faoliyat yuritayotgan "Salomatlik" sektori iş rejasida "Nuroniylar kuni" deya belgilanganligiga köra, mazkur sektor rahbari, hudud şifokori Nargiza Yöldoşeva va diniy maʼrifat, maʼnaviy-ahloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçi Gulnora Örozboyevalar keksa otaxon Ötamurod Mamutov, onaxonlar Xolbika Avazboyeva, Malika Bozorboyevalarning xonadonlarida bölib, soğligini nazoratdan ötkazişdi. Salomatligini asraş, dori-darmonlarni qanday qabul qiliş kerakligi töğrisida tavsiyalar berdilar.
Şör yuviş qizğin
Qipçoq ovulidagi fermer xöjaliklari 2013-yilni barça sohalar böyiça muvaffaqiyatli yakunladilar. Ayni kunlarda hosildan böşagan, sifatli şudgor qilingan dalalarda şör yuviş işlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. 1136 gektar yer bir marta sifatli suğorilgan bölsa, 600 gektardan ziyod maydon ikkinçi marta suğorildi.
Ijodkorlar uçraşuvi
Şu yilning 27-dekabrida Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan faxriyjurnalist Saʼdulla Xöjaniyozov taşabbusi bilan tumanimizda yaşab, ijod qilayotgan şeʼriyat ixlosmandlarining uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda ijodkorlar öz ijodlaridan namunalar öqidilar, fikrlaşdilar.
Uçraşuv havaskor-ijodkorlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Yoş qalamkaşlar taqdirlandi
Yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş, ularning ijodiy qobiliyatlarini östiriş, "Obod turmuş yili" Davlat Dasturini amalga oşiriş jarayonidagi xalqimizning fidoyi mehnatlarini keng tarğib qiliş maqsadida 2013-yil boşida "Taraqqiyot közgusi" gazetasi tahririyati tomonidan "Obod turmuş - ezgu maqsadimiz" tanlovi eʼlon qilingan edi.
Şu yilning 7-yanvar kuni "Taraqqiyot közgusi" gazetasi tahririyatida tanlovda faol iştirok etgan yoş ijodkorlarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Nukus Davlat pedagogika institutining 4-bosqiç talabasi Feruza Razzoqova tanlov ğolibi deb topildi va 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji talabasi Aziza Madrahimova ikkinçi, Nukus Davlat pedagogika instituti talabasi Muhabbat Sobirova uçinçi darajali diplomlar va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Ğoliblarni taqdirlaş marosimida gazeta muharriri Ğ.Yeşniyozov, jurnalistlardan A.Jumaniyozov, O.Rajabova, R.Yöldoşeva, O.Xudoyberganova va "Barkamol avlod" bolalar markazi mutaxassisi Z.Olloyorovalar sözga çiqişib, yoş ijodkorlarga muvoffaqiyatlar tiladilar. Öz navbatida yoş qalamkaşlar öz ijod namunalaridan öqib berdilar.
Bilimlar bellaşuvi
7-yanvar kuni tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf öquvçilari orasida fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi bölib ötdi. Olimpiadada 76 ta maktabdan, hudud bosqiçida ğoliblikni qölga kiritgan 256 nafar öquvçi qatnaşdi. 8-9-yanvar kunlari esa 5-8-sinflar örtasida "Bilimlar bellaşuvi" tuman bosqiçi bölib ötdi. Unda oldingi bosqiçda ğolib bölgan 511 nafar öquvçi iştirok etib, bilimlarini sinovdan ötkazdilar.
"Harakat xavfsizligi oyligi” davom etmoqda
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-dekabrdagi 825-f-sonli farmoyişiga asosan Mamlakatimizning barça joylaridagi kabi bizning tumanimizda ham "Harakat xavfsizligi oyligi" tadbirlari ötkazilmoqda.
2013-yilning 15-dekabridan şu kungaça tuman IIBAMTVTXUFMKAKNE bölinmasi tomonidan tuman davlat soliq inspektsiyasi bilan hamkorlikda 6 ta maxsus reydlar ötkazildi, bir qança yölovçi taşiş bilan şuğullanuvçi uyuşmalarda haydovçilar örtasida tuşuntiriş - tarğibot işlari olib borildi.
Bunday tadbirlar mehnat jamoalarida va barça taʼlim muassasalarida ham ötkazilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶