Test sinovlari jarayonidagi yangiliklar nimalardan iborat? Mutaxassis javob berdi
Söngi yillarda taʼlim tizimiga alohida eʼtibor qaratilib, yoşlarni oliy taʼlim bilan qamrab oliş körsatkiçi oşdi. Şuningdek, oliy taʼlim muassasalariga kiriş test sinovlari böyiça bir qator yangilik va özgartirişlar kiritilmoqda. Taʼlim sohasidagi yangilanişlar hamda öqişga qabul qilişda qöllaniladigan imtiyozlar haqida xabardor böliş esa har bir abituriyent uçun muhim.
Şu maqsadda Bilim va malakalarni baholaş agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi tomonidan joylarda “Huquqiy axborotni tarqatiş va undan foydalanişni taʼminlaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi asosida öz soha faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini tuşuntiriş yuzasidan manzilli tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda. Çekka hududlar ham qamrab olinayotgan uçraşuvlarda oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilişda qöllaniladigan imtiyozlar tizimi, kiriş test sinovlaridagi yangilik va özgarişlar aholi orasida keng tarğib qilinmoqda.
Yaqinda Amudaryo tumanidagi Ixtisoslaştirilgan maktabda ham Bilim va malakalarni baholaş agentligining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi tomonidan ana şunday uçraşuv taşkil etildi.
Uçraşuvda sönggi yillarda mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oşiriş böyiça olib borilayotgan keng kölamli işlar haqida agentlikining Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi boşliği Muzaffar Abdullayev batafsil maʼlumot berib ötdi. Şuningdek, uçraşuv oçiq muloqot tarzida davom etib, test sinovlari jarayonidagi yangiliklar, kiritilayotgan özgarişlar, imtiyozlarning qöllanilişi, sertifikatlaştiriş tizimi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Uçraşuvda davlatimiz rahbarining “Özbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni hamda “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi, “Umumtaʼlim fanlarini biliş darajasini baholaşning milliy test tizimini joriy qiliş töğrisida”gi Qarorlarining mazmun-mohiyati oçib berildi.
Mazkur qonun hujjatlari bilan oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun imtihon topşirayotgan abituriyentlarga bir qator imtiyozlar belgilangan. Jumladan, çet tili fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga, şuningdek, öquvçi umumtaʼlim fanlaridan biliş darajasini baholaş böyiça milliy sertifikatga ega bölganda, kiriş test sinovlarida tanlagan taʼlim yönalişida mazkur fan mavjud bölsa, egallagan darajasiga mos maksimal yoki proportsional balga ega böladi. Test natijalari xalqaro metodika – Raş modeli asosida hisoblanib, talabgorlarga töplagan bali asosida sertifikat taqdim etiladi.
Bunda A+; A; B+; B; C+ va C darajali sertifikatlar beriladi. Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kiriş test sinovlarida A+, A darajali sertifikat uçun — tegişli mutaxassislik fanidan maksimal ball, B+, B, S+, S darajali sertifikat uçun — tegişli mutaxassislik fanidan proportsional ball, A+, A, B+, B, S+, S darajali sertifikat uçun esa tegişli majburiy fandan maksimal ball berilişi belgilangan. Şuningdek, akademik litseylarga kiriş test sinovlarida sertifikatga ega öquvçilarga ham tegişli fandan maksimal ball beriladi.
Uçraşuv davomida abituriyentlar uçun şu va boşqa foydali maʼlumotlar berib ötildi. Iştirokçilar ham jarayon mobaynida özlarini qiziqtirgan savollarga töliq javoblar oldilar.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶