Pedagog kadrlar uçun amaliy-öquv seminari: unda öqituvçilarni majburiy attestatsiyadan ötkaziş böyiça dolzarb masalalar muhokama etildi
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 38-sonli umumiy örta taʼlim maktabida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevral kungi "Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan ötkaziş, kasbiy sertifikatlaş va rağbatlantiriş tizimini takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi qarori ijrosini taʼminlaş va uni amaliyotga tatbiq etiş maqsadida umumtaʼlim maktablari va maktabgaça taʼlim taşkilotlari rahbarlari uçun amaliy-öquv seminari taşkil qilindi.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining Pedagog kadrlar bilim va malakalarini baholaş şuʼbasi metodisti Bahodir Habibullayev, Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş şuʼbasi boşliği Bayram Hamidullayev, Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şamuratov, bölim metodisti Rayhon Yakubova, tumandagi 86 ta umumtaʼlim maktablari hamda 53 ta maktabgaça taʼlim taşkilotlari direktorlari iştirok etişdi.
Amaliy-öquv seminarini Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şamuratov oçdi va iştirokçilarni amaliy-öquv seminarda örganiladigan mavzular bilan batafsil taniştirdi. Şundan söng Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining Pedagog kadrlar bilim va malakalarini baholaş şuʼbasi metodisti Bahodir Habibullayev "Bugungi globallaşuv jarayonida pedagog kadrlarning bilim va salohiyatini oşirişga qaratilgan tadbirlarning ahamiyati" mavzusida maʼruza qildi.
U öz maʼruzasida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi "Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan ötkaziş, kasbiy sertifikatlaş va rağbatlantiriş tizimini takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi 130-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining "Maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, professional va maktabdan taşqari taʼlim taşkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan ötkaziş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tuşunça va maʼlumotlar berdi.
Xususan, uşbu qaror nizomiga asosan 2025-yil 1-sentyabrga qadar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, şuningdek, attestatsiyadan ötganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi hamda ularga amaldagi malaka toifasi böyiça haq tölanişi borasidagi belgilangan talablar bilan taniştirdi.
Qayd qilinganidek, oliy malaka toifasiga ega bölganidan söng uşbu toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz iş stajiga ega bölgan, şuningdek, pedagogik faoliyat böyiça 25-yil va undan köp iş stajiga ega, yoşga doir pensiyaga çiqişi uçun 5-yildan köp bölmagan vaqt qolgan, pedagogik faoliyat bilan şuğullanayotgan, pensiya yoşiga tölgan pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
Bundan taşqari, pedagogik faoliyat böyiça 25-yil va undan köp iş stajiga ega bölgan pedagoglarga, yoşga doir pensiyaga çiqişi uçun 5-yildan köp bölmagan vaqt qolgan pedagoglarga, oliy malaka toifasiga ega bölganidan söng uşbu toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz iş stajiga ega bölgan pedagoglarga nizom talablariga köra töğridan-töğri malaka toifalari berilişi közda tutilgan.
Bunda pedagoglar öz xohişiga köra navbatdan taşqari attestatsiyadan ötib, malaka toifasi oşirilgan taqdirda, ularga yangi tasdiqlangan malaka toifasi böyiça sertifikatning amal qiliş muddati davomida haq tölanadi.
Şuningdek, Bahodir Habibullayev 2025-2026 öquv yilidan boşlab taʼlim taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani öqituvçilari hamda oliy maʼlumotga ega bölmagan pedagoglar belgilangan tartibda attestatsiyadan ötkazilişini taʼminlaş böyiça yuqoridagi nizom talablaridan kelib çiqadigan vazifalar haqida ham amaliy-öquv seminar iştirokçilariga zarur tavsiyalar berdi.
Amaliy-öquv seminari davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş şuʼbasi boşliği Bayram Hamidullayev Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi "Xorijiy tillarni örganişni ommalaştirişni samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida"gi 312-sonli qarori hamda Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 29-maydagi qarori mazmun-mohiyati va undan kelib çiqadigan vazifalar töğrisida maʼruza qildi.
Şundan söng seminar iştirokçilari 2025-2026 öquv yili boşlanguniga qadar umumiy örta, örta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barça xorijiy tillar öqituvçilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglaştirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bölişi lozimligi xususidagi belgilangan talablar bilan taniştirildi. Umumiy örta, örta maxsus, professional va oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilaşda qöllaniladigan xorijiy tillarni biliş darajasini belgilovçi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar röyxati taqdim etilib, bu borada keng tarzda tuşunçalar berildi.
Har ikkala maʼruza amaliy-öquv seminar iştirokçilari tomonidan qizğin muhokama etildi va munozara-bahslarga boy böldi. Tadbir davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan masalalar böyiça savollar bilan murojaat qildilar. Iştirokçilarning barça savollariga soha masʼullari töliq javob berdilar.
Yangi öquv yili boşlanişi arafasida bölib ötgan mazkur amaliy-öquv seminari pedagog kadrlarining ösib kelayotgan yoş avlod taʼlim-tarbiyasini zamon talablari darajasida olib borişlari uçun birinçi galda öz bilim va malakalarini yanada takomilga yetkazişlari bugungi kunning eng dolzarb masalasi ekanligining amaldagi ifodasi böldi.
Robiya Yöldoşeva tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶