Noqonuniy savdo oqibati
Özbekiston Respublikasi hududida spirt va alkogolli mahsulotlarining noqonuniy ravişda işlab çiqarilişi va muomalaga kiritilişini tartibga soluvçi bir qança meʼyoriy hujjatlar qabul qilinmoqda. Ammo uşbu qonunlarga barça fuqarolar ham rioya qilavermaydi. Ana şunday noqonuniy harakatlarning oldini oliş, aniqlaş va bartaraf qilişda huquqni muhofaza qiluvçi organlarning hissasi katta.
Uşbu yönaliş böyiça Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK Departamenti Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tuman bölimi tomonidan 2013-yil boşidan şu kungaça olib borilgan tadbirlar natijasida bir 1 holatda jinoyat işi qözğatilib, huquqbuzardan 361100 sömlik qölbola usulda tayyorlangan spirtli içimliklar hamda qölbola aroqlar qopqoqlariga yelimlangan qalbaki aktsiz markalari aşyoviy dalil sifatida olindi.
2013-yil 11-iyul kuni ötkazilgan tadbir natijasida Örta-qalʼa OFY tarkibidagi "Boğ” mahallasida yaşovçi N.K. Manğit dehqon bozorida noqonuniy ravişda spirt va spirtli içimliklarni sotiş bilan şuğullanib yurgan paytida uning yonidan sotiş maqsadida olingan bir xil raqamdagi qalbaki aktsiz markalari yopiştirilgan 4 şişa "Qaratau” etiketkali aroq, 2 dona 1,5 litrlik plastmass idişlarga solingan 3 litr spirt, 169 dona şişa qopqoqlar, 650 dona har xil aroq etiketkalari, 140 dona qopqoq ustiga yopiştiriladigan plyonkalar va 44 dona bir xil raqamdagi qalbaki aktsiz markalar aşyoviy dalil sifatida qölga olindi. Fuqaro N.K. öz uyida noqonuniy ravişda etil spirtidan qölbola usulda aroq işlab çiqarib, sotayotganligi aniqlandi va ÖzR JKning tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, jinoiy javobgarlikka tortildi.
Fuqarolarimizning qonunlarni yaxşi bilmasligi ularni jazodan ozod qilişga asos böla olmaydi. Agarda ular ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinayotgan axborotlardan xabardor bölganlarida edi, yuqoridagi kabi salbiy holatlar yuz bermagan, fuqaro N.K. ham noqonuniy yöl bilan daromad topişga urinmagan bölardi.
I.Ibragimov.
ÖzR Boş prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK Departamenti tuman bölimi suriştiruvçisi.
(Foto - http://anons.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶