Içimlik suvi tarmoqlariga noqonuniy ulaniş holatlari aniqlanib, bartaraf etilmoqda
Suv – bu nafaqat hayot manbai, balki jamiyat farovonligi va inson salomatligining eng muhim kafolatidir. Yurtdoşlarimizning yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, turmuş farovonligini oşiriş va eng asosiysi, ularning salomatligini muhofaza qiliş bevosita sifatli içimlik suvi taʼminotiga çambarças boğliqdir. Biroq, yaratilayotgan şaroitlar va imkoniyatlarga qaramasdan, ayrim holatlarda bu bebaho neʼmatdan xöjasizlarça foydalaniş, tarmoqlarga noqonuniy ulaniş kabi salbiy holatlar ham uçrab turgani soha masʼullaridan yanada huşyorlikni va qatʼiy nazoratni talab etmoqda.
Şu maqsadda Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspektsiyasi hamda "Qoraqalpoq suv taʼminoti" aktsiyadorlik jamiyatining mutaxassislari hamkorligida joylarda keng kölamli örganiş işlari olib borilmoqda. Xususan, Xöjayli tumanining "Tinçlik" mahallasida ham şu kabi nazorat-reyd tadbirlari ötkazilib, bu jarayonda ayrim kamçiliklar va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.
Sönggi yillarda xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda kredit mablağlari, şuningdek, keng kölamli davlat investitsiya dasturlari doirasida içimlik suv taʼminotini yaxşilaş maqsadida köplab hududlarda yangi tarmoqlar tortilgan edi. Inspektsiyaning Içimlik suvi hamda oqova suv sohasi böyiça masʼullari tomonidan 2026-yilning 1-çoragi davomida yangidan tarmoqlar tortilgan 16 ta mahallada şartnomaviy munosabatlarni qonuniy asosda yölga qöyiş maqsadida örganişlar olib borildi. Örganişlar yakuniga köra, 42 ta isteʼmolçi bilan belgilangan tartibda rasmiy şartnomalar tuzişga erişildi va buning natijasida 183 nafar aholi töğridan-töğri, qonuniy va barqaror içimlik suv taʼminoti bilan qamrab olindi.
Bundan taşqari, sohada texnik talablarga qatʼiy rioya etilişini taʼminlaş masalasi ham mutaxassislarning doimiy diqqat markazida turibdi. Içimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni çiqarib yuboriş tarmoqlariga ulaniş yuzasidan "Qoraqalpoq suv taʼminoti" aktsiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etilgan texnik şartlarning amalda qanday bajarilayotgani böyiça 52ta holatda örganişlar ötkazildi. Ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida 5 ta holatda qator kamçiliklar aniqlandi. Ulardan 2 ta holat böyiça masʼullarga kamçiliklarni zudlik bilan bartaraf etiş böyiça qatʼiy körsatmalar kiritilgan bölsa, qolgan 3 ta holatda qonunbuzarliklarga yöl qöygan şaxslarga nisbatan belgilangan tartibda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga asosan jami 12 million sömdan ziyod miqdorida jarimalar rasmiylaştirildi.
Inspektsiya hamda Özbekiston mahallalar uyuşmasi örtasida maxsus Memorandum tasdiqlangan bölib, uşbu hujjat ijrosi doirasida 57 ta ovul va mahallalarda kompleks örganişlar ötkazildi. Bu jarayonda 16 ta mahalla hududida içimlik suv taʼminoti hamda oqova suv xizmatlari böyiça aholining haqli eʼtirozlariga sabab bölayotgan turli kamçiliklar yuzaga çiqdi. Aniqlangan uşbu muammolar yuzasidan "Qoraqalpoq suv taʼminoti" aktsiyadorlik jamiyatiga tegişli körsatmalar kiritildi va eng muhimi, bu kamçiliklarning aksariyati şu joyning özida, tezkorlik bilan bartaraf etilişiga erişildi.
2026-yilning 1-çoragi davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi böylab ötkazilgan reydlar va monitoringlar natijasida içimlik suvidan foydalaniş qoidalarining qöpol ravişda buzilişi bilan boğliq 104 ta holat aniqlandi. Huquqbuzarlarga nisbatan qonun ustuvorligi taʼminlanib, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga asosan jami 421 million söm miqdoridagi jarimalar rasmiylaştirildi.
Bu jarayonda nafaqat aholi xonadonlari, balki davlat tasarrufidagi muassasalar ham çetda qolmadi. Jami 91 ta byudjet taşkilotida ötkazilgan örganişlar natijasida ularning 18 tasida suvdan foydalaniş böyiça turli xildagi kamçiliklar, içki quvurlardagi nosozliklar yoki hisob-kitoblardagi noaniqliklar aniqlandi. Uşbu holatlar yuzasidan 8 ta taşkilot rahbariyatiga kamçiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etiş böyiça majburiy körsatmalar kiritilgan bölsa, qolgan 10 ta taşkilotga nisbatan jami 52 million sömdan ortiq maʼmuriy jarimalar qöllanildi.
Xulosa örnida şuni taʼkidlaş joizki, toza içimlik suvi – bu şunçaki kommunal xizmat turi emas, balki millat genofondi, kelajak avlod salomatligi va yurtimiz obodligining asosiy poydevoridir. Şunday ekan, suvni asraş – hayotni asraş demakdir. Bu boradagi nazorat tadbirlari, aholi va taşkilotlar örtasidagi tuşuntiriş işlari uzluksiz ravişda davom ettiriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶