Şohjahon – umidli şaxmatçi
Şaxmatni aql gimnastikasi, ötkir zehnlilar öyini, deb ataşadi. Şaxmat haqida juda köp gapiriş mumkin. Insonning aqliy kamolotida uning örni muhim. Biroq negadir sportning boşqa turlariga qaraganda şaxmat bilan şuğullanuvçilar kam. Buni tögaraklarda şuğullanayotgan bolalar soniga qarab bemalol ayta olamiz. Mening nazarimda buning asosiy sabablaridan biri şaxmatda odamning qobiliyati boşqa turlaridagilarga qaraganda darrov namoyon bölmaydi, balki yillar mobaynida şuğullaniş kerak, qolaversa, şaxmat musobaqalari futbol, voleybol, tennis yo boks musobaqalari kabi televideniyada töliq namoyiş etilmaydi, balki faqat xabar beriladi. Xabar esa soatlar mobaynida musobaqalarni tomoşa qilgandagidek çuqur taassurot qoldirmaydi va öziga odamni jalb qilmaydi. Lekin qunt bilan şuğullangan odam şaxmatda ham özligini namoyon qila oladi. Fikrimning isboti sifatida Olmazor mahallasida yaşovçi, hali maktabgaça taʼlim muassasasi tarbiyalanuvçisi Şohjahon Mamatsoliyevni aytişimiz mumkin. U 2018-yil 7-dekabrda bölib ötgan Qoraqalpoğiston çempionatida faxrli ikkinçi örinni egalladi. Umuman ularning oilasini şaxmatçilar oilasi desak, adaşmagan bölamiz. Mamatsoliy aka va farzandlari şaxmat bilan muntazam şuğullanişadi, turli nufuzli musobaqalarda yakka holda va oilaviy iştirok etişib, köp bora sovrinli örinlarni egallaşgan. Nevara Şoxjahonning erişayotgan yutuqlari esa barçamiz ibrat olgulik. Kelgusida uning yurtimiz sport şarafini munosib himoya qiladigan şaxmatçi bölib yetişişini tilab qolamiz.
Nurbek OTAXONOV, QMU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶