2019-yilgi Davlat dasturi loyihasi: iqtisodiy sohada qanday özgarişlar bölişi kutilmoqda?
Muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabr kuni Oliy Majlisga taqdim etgan murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy ğoya va takliflari hamda 2017-2021-yillarda Özbekiston Pespublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda işlab çiqilgan “Faol investitsiyalar va ijtimoy rivojlaniş yili” Davlat dasturi loyihasi uni fuqarolar bilan maslahatlaşgan holda yanada takomillaştiriş maqsadida jamoatçilik muhokamasiga taqdim etildi.
Ayni kunda 5 ta bölim va 253 ta banddan iborat bölgan uşbu Davlat dasturi yurtdoşlarimiz tomonidan qizğin muhokama etilayapti.
Uşbu loyihaning “Iqtisodiyotni rivojlantiriş va faol investitsiya jalb etişning ustuvor yönalişlari” deb nomlangan 3-bölim bilan tanişsangiz, mazkur yilda mamlakatimizda faol investitsiyalarni jalb etiş orqali iqtisodiyotimizni tubdan rivojlantiriş böyiça keng kölamli işlarni amalga oşiriş belgilanayotganini his qilasiz.
Loyihada iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaş va yuqori iqtisodiy ösiş surʼatlarini saqlab qoliş maqsadida iqtisodiyot rivojiga jiddiy turtki beradigan sohalarni rivojlantiriş startegiyasini işlab çiqariş, “yaşirin iqtisodiyot” salmoğini iqtsodiy usullarni işlatgan holda qisqartiriş, qöşimça imkoniyat va manbalar hisobidan byudjet defitsitini kamaytiriş, yil boşidan joriy etilayotgan bojxona tarif siyosatini tatbiq etiş orqali taşqi bozordagi özgarişlarning iqtisodiyotimizga salbiy taʼsirini kamaytiriş, mamlakatni 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantiriş kontseptsiyasini işlab çiqiş nazarda tutilgan.
Şuningdek, loyihada davlat organlari işida şaffoflik va oçiqlikni taʼminlaş, byudjet mablağlaridan samarali foydalaniş tizimini yanada takomillaştiriş va mahalliy byudjetlarning yuqori turuvçi byudjetlarga boğliqligi darajasini qisqartiriş, mahalliy harajatlarni moliyalaştiriş vakolatini bosqiçma-bosqiç yuqori byudjetdan quyi byudjetga ötkaziş nazarda tutilganligi körsatilgan.
2019-yilgi Davlat dasturi loyihasida samarali soliq maʼmuriyatçiligini yölga qöyiş masalasiga ham alohida eʼtibor berilgan.
Soliq islohotlarini amalga oşiriş davrida isteʼmol mahsulotlari narxining barqarorligini va inflyatsiya darajasi prognoz körsatkiçlaridan oşmasligini taʼminlaş, buning uçun esa isteʼmol mahsulotlari narxining barqarorligini taʼminlaş, xususan qöşilgan qiymat soliği keng joriy qilinişi bilan isteʼmol tovarlari narxi ösişining oldini oliş çoralari nazarda tutilgan.
Şuningdek, loyihada bank va molya tizimini isloh qiliş hamda sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy qiliş, unda davlat mablağlari hisobidan imtiyozli bank kreditlari ajratiş amaliyotini tubdan takomillaştiriş nazarda tutilganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Uşbu loyhada suğurta bozorini isloh qiliş va jadal rivojlantiriş, valyuta bozorini yanada erkinlaştiriş maqsadida çet el valyutalari bilan boğliq amaliyotdagi asossiz çeklovlarni bartaraf etiş ham nazarda tutilgan.
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili” Davlat dasturi loyihasida tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va yanada rivojlantiriş, iqtisodiyotni boşqarişning bozor mexanizmlarini joriy etiş va unga davlat aralaşuvini kamaytiriş, iqtisodiyotning yetakçi tarmoqlarini isloh qiliş va rivojlantiriş orqali soğlom raqobat muhitini yaratiş va qişloq xöjaligida bozor mexnizmlarini joriy qiliş orqali uni jadal rivojlantiriş masalalariga ham alohida eʼtibor berilgan.
2017-2021-yillarda Özbekiston Pespublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasida közlangan masalalar xalq farovonligini yuksaltirişga xizmat qiladigan omillar hisoblanadi.
Şu örinda yurtdoşlarimizdan mana bu manzilda joylaştirilgan davlat dasturi loyihasi böyiça fikr va mulohazalar, takliflar bildirişlarini sörab qolamiz.
Allambergan JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶