“QUVNOQ STARTLAR” DA KUÇLI VA ÇAQQON 76-SONLI MAKTAB ÖQUVÇILARI ĞOLIB BÖLDI
Öquvçi yoşlar orasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş, sportning ommaviyligiga erişiş va sport bilan şuğullanuvçi iqtidorli yoşlarni aniqlab, rağbatlantiriş maqsadida har yili “Quvnoq startlar” televizion musobaqasini ötkaziş anʼanaga aylanib qolgan.
Musobaqaning maktab bosqiçi tumanimizdagi 70 ta umumtaʼlim maktablarida ötkazildi va ğoliblar aniqlandi hamda ikkinçi yaʼni hududiy bosqiçlarga yöllanma berildi.
“Quvnoq startlar” ning hududiy bosqiçi 7 dekab kuni 7 ta hududlarda-yaʼni Manğit şahri, şahar atrofi, Qiliçboy, Xitoy, Jumurtov, Qipçoq va Tölqin hududlarida ötkazildi.
Hududiy bosqiç ğoliblari – 18-, 28-, 35-, 36-, 41-, 52- va 76- sonli maktablar jamoalari 17-dekabr kuni 3-sonli Amudaryo akademik litseyi sport zalida özaro bellaşdilar.
Musobaqa nizomida belgilanganidek, uşbu bosqiçda har bir maktabdan 12 nafar öğil, 12 nafar qiz iştirok etdilar va ğoliblik uçun özaro bellaşdilar.
Qizğin kuraşlar ostida keçgan “Quvnoq startlar” televizion musobaqasida 76-sonli maktab jamoasi ikkinçi, 52-sonli maktab jamoasi birinçi, 28-maktab jamoasi uçinçi örinlarni yengib oldilar.
Musobaqa ğoliblari Özbekiston “Yoşlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining Amudaryo tuman hududiy bölinmasi tomonidan diplom va esdalik sovğalar bilan taqdirlandi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶