Ringda faqatgina kuçlilar va çidamlilargina ğalaba qozonadi
“Boks – hayotdek: baʼzida qattiq zarbalar qabul qilişga töğri keladi, lekin oldinga intiliş kerak”, degan edi zamondoş sportçilardan biri. Darhaqiqat, sportda nafaqat boks, balki boşqa sport turlarining ham öziga yaraşa murakkabligi bor. Boisi, ğalaba öz-özidan sodir bölmaydi. Muvaffaqiyat seni izlab kelmaydi, uni sen özing izlab borişing kerak. Tinimsiz maşğulot, harakat, iştiyoq va muvaffaqiyatsizliklardan keyin ham ortga çekinmaslik sportçini toblaydi.
Sönggi yillarda yurtimizda sportga qaratilayotgan eʼtibor tufayli Amudaryo elida ham ana şunday kuraşuvçan, tirişqoq, arslonyurak sportçilar yetişib çiqmoqda. Şulardan biri – Sardor Şomurodovdir. Qahramonimiz 2002-yil Amudaryo tumanining Tölqin ovulida dunyoga keladi. Bolaligidan kuçli sportçilarga havas qilib ulğaygan bu yigit kelajagini aynan sport sohasida körar edi.
Sardor Şomurodov 12-13 yoşlarida Tölqinda joylaşgan boks zalida Azim Muxtorov qöl ostida boks bilan şuğullana boşladi. Keyinçalik esa 14 yoşida Nukus Olimpiya zaxiralari sport kollej-internatiga öqişga kiradi. Yoş boksçining tinimsiz saʼy-harakatlari, öz ustida işlaşi natijasida 2017-2018-yillarda ikki karra Özbekiston çempioni va bir neça Xalqaro turnirlar ğolibi böldi. Şuningdek, 2019-yilda öqişni muvaffaqiyatli tamomlab, Andijon şahrida yoşlar örtasida bölib ötgan Özbekiston çempionatida faxrli 3-örinni egallab, Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga imtiyozli ravişda öqişga qabul qilindi.
Sardor 2017-2018-yillari Özbekiston ösmirlar terma jamoasi aʼzosi, 2019-2020-yillarda esa Özbekiston yoşlar terma jamoasi aʼzosi, hozirgi kunda Özbekiston kattalar milliy terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. 2019-yildan boşlab, Amudaryo tumani sport maktabi treneri Jasur Nurimbetov qöl ostida muntazam ravişda boks sir asrorlarini örganib, şuğullanib kelmoqda.
Sardor Şomurodovni çinakam omadli sportçilardan biri, deyiş mumkin. Yoş bölişiga qaramasdan, uning şu paytga qadar erişgan yutuqlari talaygina. Qahramonimiz 2019-2020-yillarda yoşlar va kattalar örtasida Özbekiston çempionati sovrindori, Qozoğistonning Olmaota şahrida boks böyiça bölib ötgan Xalqaro turnir sovrindori, Olmaliq şahrida bölib ötgan Xalqaro turnir finalçisi böldi va Özbekiston sport ustasi normativini bajardi. Şuningdek, 2021-yil Sirdaryo viloyatida professional boks böyiça ötkazilgan jangda 76 kg vazn toifasida ğalaba qozondi. 2022-yilda oliy taʼlim muassasasini bitirib, hozirgi kunda Amudaryo tuman sport maktabida boks böyiça murabbiylik qilib kelmoqda. Ayni damda yoş sportçimiz Jasur Nurimbetov kabi qobiliyatli ustoziga şogird sifatida köpgina musobaqalarda ğalaba qozonib kelmoqda. Öz navbatida u ham köpgina şogirdlarga ustozdir.
Sardor Şomurodov uçun ötgan yil ham, bu yil ham omadli keldi. 2024-yilda kattalar örtasida ötkazilgan Özbekiston çempionatida faxrli 3-örinni egallab, Özbekiston Milliy terma jamoasiga qabul qilindi hamda aprel oyida Qirğizistoning Bişkek şahrida bölib ötgan Xalqaro turnirda faxrli 3-örinni egalladi. Bu bilan çeklanib qolmasdan, şu yili Qozoğiston Respublikasining Aqtau şahrida bölib ötgan Xalqaro turnirda faxrli 2-örinni egallab, uşbu musobaqaning “Eng yaxşi boksçisi” deya eʼtirof etildi va taqdirlandi. Şuningdek, 2024-yilning dekabr oyida Özbekiston Boks federatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi tomonidan “Yilning eng yaxşi boksçisi” deb topildi.
Ha, intilganga tole yor, deya şuni aytişsa kerak. Bir muvaffaqiyat boşqa bir muvaffaqiyatni yetaklab keladi, degani bejizga emas. Bu yil ham sportçimiz uçun omadli boşlandi. Yaqindagina Nukus şahrida sportçi yoşlar va sport federatsiyalarini taqdirlaş marosimida Sardor Şomurodov “Yilning eng yaxşi sportçisi” deb topilib, Qoraqalpoğiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan munosib taqdirlandi.
U hozirgi kunda Özbekiston Milliy terma jamoasi aʼzosi, har oyda Angren şahar Yangiobod sport bazasida olimpiada çempionlari bölmiş Bahodir Jalolov, Hasanboy Dösmatov kabi sportçilar bilan birgalikda öquv-yiğin maşğulotlarida iştirok etib kelmoqda. Ayni damlarda sportçi havaskor boks bilan professional boksni uyğunlaştirişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, hozirda ustozi bilan birga may oyida Ostonada bölib ötadigan jahon çempionatiga qatnaşib, ğolib bölişni maqsad qilib, bu maqsad yölida qizğin tayyorgarlik körmoqda.
Biz esa, faxrimiz bölgan Sardorbekka rejalaştirayotgan ezgu işlarida tole yor bölişini tilaymiz.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶