Kollejning yangi binosi
ÖzA, A.Ortiqboyev, 13.12.2013 18:55
Qoraqalpoğiston Respublikasining Amudaryo tumanidagi transport kasb-hunar kollejining yangi binosi foydalanişga topşirildi.
Şu munosabat bilan bölib ötgan tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar samarasida mamlakatimizning barça hududlarida zamonaviy taʼlim muassasalari, madaniyat va sport inşootlari barpo etilib, yoşlarning har tomonlama çuqur bilim olişi, kasb-hunar örganişlari uçun barça şart-şaroit yaratilayotgani taʼkidlandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat körsatayotgan 103 örta maxsus öquv yurtining töqson uçtasi kasb-hunar kolleji bölib, ularda öğil-qizlarimiz töqsondan ortiq kasb yönalişi böyiça tahsil olmoqda.
Mazkur binoning bunyod etilişida tumandagi "Qurilişxizmat” masʼuliyati çeklangan jamiyati quruvçilari tomonidan 2 milliard 933 million sömlikdan ziyod quriliş-montaj işlari amalga oşirildi.
Zamonaviy öquv qurollari va körgazmali vositalar bilan jihozlangan mazkur taʼlim maskanida öquvçilar 5 yönaliş böyiça çuqur bilim olişi, özi tanlagan kasb sirlarini puxta özlaştirişi uçun barça qulaylik yaratilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶