NOGIRONLAR DOIMO DAVLATIMIZNING ĞAMXÖRLIGIDA
Nogironlik tuğma yoki orttirilgan şaklda bölişi mumkin. Tuğma nogironlik asosan irsiy kasalliklarning nasldan naslga ötişi natijasida kelib çiqadi. Tuğma va irsiy kasalliklar yoşlarning erta turmuş qurişi, qarindoşlar örtasidagi nikohlar natijasida uçramoqda. Kasalliklarning kelib çiqişining oldini oliş maqsadida Özbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli qarori asosida köp tarmoqli markaziy poliklinikada nikohlanuvçilarni profilaktik tibbiy körikdan ötkaziş yölga qöyilgan. Çaqaloqlar tuğilgan paytda endokrin tizimi kasalliklariga tekşiriladi.
Orttirilgan nogironlik esa kasalliklar, jarohatlanişlar natijasida kelib çiqadi. Ota-bobolarimizning kasallikni davolaşdan köra, uning oldini olgan afzalroqdir, degan hikmatiga amal qilib, tibbiyot xodimlari tomonidan soğlom turmuş tarzi afzalliklari, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, yuqumli va yuqumsiz kasalliklar, jarohatlanişlarning oldini oliş töğrisida aholi orasida keng kölamda tuşuntirişlar olib borilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora tadbirlari töğrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlaşga intilmoqdamiz.
Tumanimizda jami mehnat qobiliyatini yöqotganlar 2861 nafar, jumladan, bolalar nogironligi 578 nafarni taşkil etadi. Ularga 93 ta katta nogironlar aravaçasi, 93 ta bolalar aravaçasi, 14 ta eşitiş moslamasi, 26 ta qöltiq tayoq, 56 ta hassa, 17 ta közi ojizlar hassasi, 2 ta tirsak tayoq berilgan. Yil boşidan beri 189 nafar nogironlarga sanatoriya-kurortlarga yöllanma berildi.
Aholining salomatligini saqlaş maqsadida “2018-2022-yillar davrida bolalarda tuğma irsiy kasaliklarning oldini oliş” Davlat dasturi qabul qilingan bölib, tibbiyot xodimlari tomonidan mahallalar, öquv muassasalarida qarindoşlar örtasida, erta nikoh natijasida kelib çiqadigan tuğma va irsiy kasalliklarning oldini oliş töğrisida keng kölamda tarğibot-taşviqot işlari olib borilayapti.
Tamara SAIDOVA, Köp tarmoqli markaziy poliklinika
Salomatlik bölimi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶