14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 12:20
Jamiyat 👁 271

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni Amudaryoda keng nishonlandi

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni Amudaryoda keng nishonlandi

Har yili 3-dekabr kuni butun dunyo boʻylab insoniyatning mehr-oqibatga boʻlgan yuksak eʼtiborini ifodalovchi sanalardan biri – Xalqaro nogironlar kuni nishonlanadi. Bu sana Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq joriy etilgan boʻlib, jamiyatda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari, imkoniyatlari va ijtimoiy faolligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Bugun nogironligi boʻlgan insonlarga koʻmak berish, ularni jamiyatning toʻlaqonli aʼzosi sifatida qoʻllab-quvvatlash nafaqat davlat siyosati, balki har birimizning insoniy burchimizga aylangan.

Amudaryo tumanida ham mazkur sana munosabati bilan katta bayramona tadbir tashkil qilindi. Tuman hokimligi tashabbusi bilan “Sher” toʻyxonasida oʻtkazilgan ushbu samimiy uchrashuv nogironligi boʻlgan hamyurtlarimiz uchun chinakam quvonch, eʼtibor va hurmat bayramiga aylandi.

Mehmonlar tashrifning ilk daqiqalardan boshlab mehr-muruvvat, iliq muhit va bayramona kayfiyatning guvohi boʻldilar. Tadbirning har bir lahzasi inson qadri, jamiyatda inklyuzivlik tamoyillarini mustahkamlashga qaratildi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman prokurori Bahram Masharipov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Timur Doshumbayev ishtirok etib, bayram munosabati bilan nogironligi boʻlgan yurtdoshlarimizga mehrli tilaklarini yoʻlladilar.

Rahbarlar oʻz chiqishlarida inson qadri va uning manfaatlari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidlashdi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash, ularga qulay sharoit yaratish, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga eʼtibor qaratildi.

Tadbir ishtirokchilariga maxsus tayyorlangan bayram sovgʻalari topshirildi. Ushbu sovgʻalar nafaqat eʼtibor ramzi, balki koʻngillarga iliqlik, quvonch va qadr topganlik tuygʻusini olib kirdi. Nogironligi boʻlgan hamyurtlarimizning koʻzlaridagi mamnunlik, tabassumlar va minnatdorchilik barcha ishtirokchilarning koʻngliga koʻchdi.

Tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan ijro etilgan shoʻx va shodon kuy-qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha bayramona ruh bagʻishladi. Musiqa sadolari ostida ishtirokchilarning koʻtarinki kayfiyati, bir-biriga iliq tilaklar yoʻllashi ushbu kunni yanada unutilmas qildi.

Xalqaro nogironlar kuni – bu jamiyatning mehr-muruvvatga boʻlgan ehtiyoji, bir-birimizni qoʻllab-quvvatlash madaniyati va yuksak insoniy qadriyatlarning ifodasidir.

Tumanimizda oʻtkazilgan mazkur tadbir esa yana bir bor shuni koʻrsatdiki, hamyurtlarimizning har biri eʼtibor, izzat-ikrom va qoʻllab-quvvatlashga munosibdir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019