ISLOHOTLARIMIZ TAMAL TOŞI
Prezidentimiz Islom Karimov Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi maʼruzasida alohida eʼtirof qilganidek, mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yillarida erişgan barça yutuq va marralari, uning ulkan surʼatlar bilan ösişi, avvalo Konstitutsiyamizning hayotbaxş qudrati va salohiyatini, unda mujassam bölgan printsiplar, qoida va normalarning naqadar çuqur öylangan, har tomonlama mustahkam asosga ega ekanini yaqqol namoyon etadi.
Konstitutsiyamiz insonparvar huquqiy davlat barpo etiş, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini barpo etiş, erkin bozor munosabatlarini şakllantirişning eng muhim qoidalarini özidamujassamlaştirib, jamiyatimiz hayotining asosiy huquqiy poydevori bölib xizmat qilmoqda.
Konstitutsiyamiz davlat, xalq irodasini ifoda qilişini, uning manfaatlariga xizmat qilişini, davlat hokimiyatining birdan-bir manbai Özbekiston xalqi ekanligini belgilab berdi.
Şuningdek, inson huquqlarining davlat manfaatlaridan, umum-eʼtirof etilgan xalqaro huquq normalarining esa milliy huquqiy normalardan ustunligi ham Konstitutsiyamizda muhrlab qöyildi.
Asosiy Qonunimizda heç qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida örnatilişi mumkin emasligi va ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanişi belgilab berildi. Ayni paytda barça mulk şakllarining teng huquqliligi şaroitida xususiy mulkning boşqa mulk şakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi mustahkamlab qöyildi.
Keyingi yillarda davlat hokimiyati tizimi organlari faoliyatini takomillaştiriş borasida olib borilayotgan çuqur islohotlar natijasida Konstitutsiyamizga özgartiş va qöşimçalar kiritiş zaruriyati vujudga keldi. Özbekiston Respublikasi davlat organlari tizimi va faoliyatining doimo takomillaştirib borilişi davlatimiz siyosatidagi asosiy ustuvor yönalişlardan biri bölib qolmoqda. Mamlakatimizni modernizatsiya qiliş va demokratlaştiriş, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati quriş borasida ijtimiy-siyosiy islohotlarni qatʼiy amalga oşiriş hamda davlat boşqaruv organlari faoliyatida ular örtasidagi özaro tenglik va muvozanatni saqlaş va tartibga soliş muhim ahamiyat kasb etadi.
Boşqa mamlakatlarda bölgani kabi Özbekiston Respublikasida ham ijtimoiy hayot talablari davlat va jamiyat örtasidagi munosabatlarning yangi demokratik körinişlarini yuzaga keltirmoqda, jumladan davlat va jamiyat aʼzolarining özaro munosabatlarida demokratik davlat talablaridan kelib çiqib, huquqiy islohotlarni izçillik bilan rivojlantiriş tobora muhim örin egallamoqda.
"Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinçi qismiga) tuzatişlar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni bu fikrning amaliy tasdiği bölişi mumkin. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan uşbu tuzatişlar:
birinçidan, davlat boşqaruvini yanada demokratlaştiriş, yaʼni boşqaruvning xalqçilligini taʼminlaş;
ikkinçidan, davlat organlarining öz vakolatlarini amalga oşirişdagi roli va masʼuliyatini oşiriş, davlat organlari faoliyatida qonun ustuvorligini va ularning xalq oldidagi masʼuliyatini oşiriş hamda taʼminlaş;
uçinçidan, mamlakatni yangilaş va modernizatsiya qilişda siyosiy partiyalarning taʼsirini kuçaytiriş, bu siyosiy partiyalarni barça sohalarda amalga oşirilayotgan yangilaniş jarayonlari va islohotlarga siyosiy jarayonlarning ajralmas iştirokçisi sifatida keng jalb qiliş imkonini beradi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasida Özbekiston Respublikasi fuqarolarining kasaba uyuşmalariga, siyosiy partiyalarga va boşqa jamoat birlaşmalariga uyuşiş, ommaviy harakatlarda iştirok etiş huquqiga ega ekanini eʼtirof etiş bilan birga, siyosiy partiyalarda, jamoat birlaşmalarida, ommaviy harakatlarda, şuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozçilikni taşkil etuvçi muxolifat şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini heç kim kamsitişi mumkin emasligi belgilab qöyilgan. Asosiy Qonunning 12-moddasida Özbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanişi hamda heç qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida örnatilişi mumkin emasligi töğrisidagi Konstitutsiyaviy printsip öz ifodasini topgan. Qisqa qilib aytadigan bölsak, mustaqil Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinişi mamlakatimiz taraqqiyoti, yurtimiz tinçligi, xalqimiz farovonligi yölida amalga oşirilayotgan islohotlarning tamal toşi böldi.
Ş.RAJABOVA,
"Rajabova Şukurjon” advokatlik byurosi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶