16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:31
👁 2,575

Shunday oila bor...

Shunday oila bor...

"Oq oltin” ovulida istiqomat qiluvchi Xoʻjanovlar oilasi oʻzlarining mehmondoʻstligi, bagʻrikengligi bilan elu yurtning nazariga tushishgan. Xonadon sohibasi Toʻlgʻonoy opa Xudoybergenova oʻn barmogʻi hunarli ayollardan. Turmush oʻrtogʻi Otamurod Xoʻjanov bilan yigirma besh yildan beri bir oila boʻlib ahil turmush kechirib, uch nafar farzandni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazgan.

Toʻlgʻonoy opa hozirgi kunda ikki kelinning suyukli qaynonasi, hayot maktabida koʻp yutuqlarga erishgan, yuzlaridan nur yogʻilib turgan Guljon momoning esa suyukli kelini, fayzli, obod oila bekasi.

Otamurod Xoʻjanov koʻp yillar sobiq Turgenev nomli maktabda ishlagan, hozirda esa dehqon va chorvador. Toʻlgʻonoy opa oʻsimliklarni himoya qilish stantsiyasida, biolaboratoriyada ishladi. Hozirdanafaqada boʻlishiga qaramay hunarmandchilik bilan shugʻullanadi. Opaning qoʻlidan chiqqan quroq yostiq, koʻrpachalarning oʻzi naq sanʼat asariga mengzaydi. Chiroyli nimchadan tortib, zamonaviy kiyim-kechaklargacha toʻqiydi. Ularning xonadoni boʻsagʻasidan hatlar ekansiz, oyogʻingiz ostidagi gilamlar koʻzingizni quvontiradi. Bir qarashda bozordagi qimmat gilamlardan boʻlsa kerak deb oʻylashingiz mumkin. Aslida esa bular opaning oʻzi toʻqigan ijod namunalaridir. U gilamdoʻzlik bilan ham shugʻullanadi va koʻplab shogirdlari ham bor. Uning isteʼdodli shogirdlaridan Oypora, Muyassar, Tursunoy, Sanamjon, Gulbahor, Halimalar ham mohir gilamdoʻz boʻlib qolishgan. Opa uchun hunar - tuganmas boylik. Uni yoshlarga boshqalarga oʻxshab falon soʻm evaziga emas, shunchaki qiziqishlariga qarab oʻrgatadi. Shogirdlarining hech biridan hech narsa olmaydi. Sidqidildan oʻrgatadi. "Har bir ishda shogird qolish kerak, shogird boʻlganda ham ustozdan oʻtadigan shogird” qabilida ish tutadi. Oʻgʻillari ham usta, hunarmand, sportchi. Kichik oʻgʻli Mansur Nukus olimpiya zahiralari sport kollejida oʻqib yurgan kezlarida sportning suzish turi boʻyicha Respublika birinchiligida qatnashib uchinchi oʻrinni egalladi. Toʻlgʻonoy opa yana boʻsh vaqtlarida shirinliklar, tortlar ham pishiradi.

- Bu ishlardan ortib dam ololma-sangiz kerak-a, - deb soʻraganimda:

- Mening mana shu quroq tikib, gilamlarni toʻqiganim dam olganimda,- deb kulib qoʻydi. Mana shunday jonkuyar, fidoyi ayollar koʻpayayotganligidan suyundim. Hunarmandchilik ishlaridan ortib vaqt topib dehqonchilik va bogʻdorchilik ishlarida turmush oʻrtogʻiga yordam beradi. Ularning hovlisidagi tomorqa yerida mevali daraxtlar koʻp. Ayniqsa, olma.

Toʻlgʻonoy opada havas qilsa arzigulik xislatlar koʻp. Mehribon, bagʻrikeng, kelinlarini ham xuddi oʻz qizlaridek yaxshi koʻradi. Hovlisiga kirishingiz bilan tozalikka, orastalikka guvoh boʻlasiz. Hovlidan begʻubor qishloq havosiyu, obod turmush nafasi ufurib turadi. Eng muhimi, bu xonadon sohib va sohibalarining koʻngillari oboddir. Har qanday obod turmush eng avval, koʻngil obodligidan boshlanadi


Aziza MADRAHIMOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026