Kuyukköpirlik ilğor terimçiga velosiped va telefon sovğa qilindi
21 oktyar kuni tuman Içki işlar bölimi boşliği rahbarligidagi 3-sektor hududida – Bözyop ovulida faoliyat körsatayotgan “Tölqin-Norboy” va “Tölqin-Hasan-Temur” fermer xöjaliklarida terim böyiça musobaqa ötkazildi. Musobaqada barça ovul va mahallalardan 215 nafar terimçilar iştirok etdilar.
Biri biridan çaqqon terimçilar örtasida taşkil qilingan musobaqalar yakuniga köra kuyukköpirlik Şohida Jumamurodova 195 kilogramm paxta terib, ğolib böldi. Unga taşkilotçilar tomonidan velosiped hamda telefon sovğa qilindi. Yana bir kuyukköpirlik ilğor terimçi Oltinoy Qöçqorova esa 183 kg. paxta terib, 2-örin sohibasi böldi va u telefon bilan taqdirlandi. Bözyoplik Barçinoy Tursunboyeva esa 163 kg. paxta terib, 3-örinni egalladi va unga ham qöl telefoni sovğa qilindi.
Şuningdek, mavsum boşidan köngillilar qatorida paxta terimida iştirok etib kelayotgan bözyoplik oilaviy pudratçilar – 75 yoşli Örozgul momo Yusupovaga çangyutgiç, 65 yoşli Nozima momo Öteşovaga dazmol, mohir terimçi Guljamila Yaxşilikovaga elektr çoynak sovğa qilindi. Paxta terimida mavsum boşidan buyon faollik körsatib kelayotgan boşqa terimçilarga ham qimmatbaho sovğalar topşirildi.
Terimçilar uçun dala boşida issiq ovqat taşkil etildi. Dala şiyponida terimdan söng namoyiş etilgan musiqiy dastur barça paxtakorlarni yanada zavqlantirdi. Ayni paytda ham dalalarda terim qizğin surʼatlarda davom ettirilmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶