PAXTA XIRMONIMIZ TOBORA YuKSALAYaPTI
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qişloq xöjaligi sohasining eng asosiy böğini hisoblangan paxtaçilikni rivojlantirişga alohida eʼtibor berildi. Şu boisdan ham ilgarigi davlat va jamoa xöjaliklari örnida fermer xöjaliklari taşkil etilib, ularning zimmalariga har bir qariç yerdan unumli foydalanib, paxta hosildorligini oşiriş vazifasi yuklatildi.
Yerning haqiqiy egalariga aylangan fermer xöjaliklari rahbarlari paxta hosildorligini oşiriş yölida barça bilim va tajribalarini, kuç-ğayratlarini safarbar etib, bu vazifani astoydil bajarişga harakat qildilar.
Mana, bir neça yildirki, tumanimizda davlatga paxta topşirişning şartnomaviy rejalari oşirib bajarib kelinmoqda. Keyingi yillarda 40-45 tsentnerçi fermer xöjaliklari safi ança kengaydi.
Bu yilgi oğir ob-havo şaroitida mehnat qilgan paxtakorlarimiz tabiat qiyinçiliklarini mardonavor yengib, öz dalalarida möl hosil yetiştirdilar. Ayni kunda barça paxta dalalarida yiğim-terim işlari jadal surʼatlarda olib borilayapti.
Bizning “Amudaryo paxta tozalaş” aktsiyadorlik jamiyatimiz mehnat jamoasi joylardagi 6 ta paxta qabul qiliş maskanlarini mavsumga barvaqt şay qilib qöyişga harakat qildi. 31 dona paxta ğaramlaşda foydalaniladigan “PL” va “Transporter - 650” mexanizmlari, 6 ta elektron tarozi va boşqa zarur uskunalar mavsumga şay qilib qöyildi. Şuningdek, içkaridagi iş jarayonini va taşqaridagi holatni kuzatişga möljallangan 56 ta onlayn kuzatuv kameralari belgilangan joylariga örnatildi.
Ayni kunda bu yil 11240 tonna paxta qabul qiladigan “Oq oltin”, 4936 tonna paxta qabul qiladigan Qipçoq, 7623 tonna paxta qabul qiladigan Xitoy, 3699 tonna paxta qabul qiladigan Qiliçboy, 3364 tonna paxta qabul qiladigan “Paxtakor” va 1662 tonna paxta qabul qiladigan Nazarxon paxta qabul qiliş maskanlarida işçilarimiz keçayu kunduz mehnat qilişayapti. Natijada xirmonga olib kelingan hosil peşma-peş qabul qilinayapti.
Paxta qabul qiliş maskanlarida mehnat qiladigan işçilarimizning maxsus kiyimlar va issiq ovqat bilan taʼminlanganligi ularning barakali mehnat qilişlariga omil bölayapti.
Bizning “Amudaryo paxta tozalaş” aktsiyadorlik jamiyati korxonamiz yiliga 50 000 tonna paxta xom-aşyosini qayta işlaş quvvatiga ega. Şunday ekan, biz bu yil tumanimiz paxtakorlari tomonidan topşiriladigan 33000 tonnaga yaqin paxta xom-aşyosini öz vaqtida qayta işlaşga erişamiz.
Biz bu miqdordagi paxta xom-aşyosini qayta işlaşimiz natijasida 11000 tonnadan ziyod paxta tolasini tayyorlaşga erişamiz. Keyin bu paxta tolasi vaqtinçalik saqlaşni amalga oşiradigan “Qoraqalpoq tola” va “Parvoz” terminallariga yuboriladi.
“Amudaryo paxta tozalaş” AJ da uruğlik çigit tayyorlaşga ham alohida eʼtibor berilayapti. Hozirgi kunda korxonamizda “S 47 27”, “Sulton”, “Ravnaq” va “Buxoro 102” navlaridan jami 3033,4 tonna uruğlik çigit tayyorlaş böyiça işlar qizğin davom etayapti.
“Amudaryo paxta tozalaş” AJ paxta hosilini topşirayotgan fermer xöjaliklari bilan har kuni hisob-kitob işlarini amalga oşirib, tegişli pullarni ularning bankdagi hisob raqamlariga ötkazib berayapti.
Biz bugungi kunda paxtakorlarimizning ğayrat-şijoatlari tufayli xirmonimizning tobora yuksalayotganidan çeksiz xursand bölayapmiz. Paxtakorlarimizning tez kunlar içida şartnomaviy rejalarini bajarib, oq yuzli, obröli bölişlariga tilak bildiramiz.
Sardor SULTONOV, “Amudaryo paxta tozalaş” AJ Boş direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶