NILUFARNING DUNYoSI
Tumanimizda intiluvçan, ijodiy izlanuvçan yoşlar köp. Sönggi ikki-uç yil içida özlarining fikr doirasi kengligi, bilimdonligi bilan ajralib turadigan isteʼdodli yoşlar, ayniqsa, badiiy ijod sohasida öz qobiliyatlarini namoyon etişmoqda. Qunduzoy Yusupova, Umida Erdoşeva, Dildora Rajabova, Iroda Yerdoşeva, Dinora Karimboyeva, Aziza Madrahimova, Behzod Allaqulov, Sardorbek Kenjaboyevlar allaqaçon ilk kitoblarini şeʼriyat muxlislariga taqdim etişdi.
Tumanimiz yoş ijodkorlari safiga qöşilayotgan Nilufar Ozodova ham ijod maşaqqatlarini yurakdan his etib, sabr-bardoş bilan oldinga intilayotganlardan. U özining jajji kitobçasini “Nigohimdagi dunyo” deb nomlabdi. 2018-yilda “Qaraqalpaqstan” naşriyotida çop etilgan Nilufarning ilk kitobçasini varaqlar ekansiz, uning nigohlarida aks etgan dunyoning turfa ranglarini körasiz. Uning Vatan, döstlik, tabiat mavzusidagi şeʼrlarida kindik qoni tomgan tuproqqa çeksiz muhabbat, ona tabiatga nisbatan mehr, bir-birovga samimiy munosabat aks etib turadi.
Nilufarning şeʼrlarida aksariyat yoş ijodkorlarning maşqlaridagi kabi kamçiliklar ham bor. Ayniqsa, Nilufarning söz boyligi yetişmasligi bois, qofiyabozlikka berilib, şeʼriy talablarga amal qilmasligi natijasida şeʼrlarida içki ohang hamda vazn buzilişi holatlari kuzatiladi. Nilufar kelajakda bu kabi nuqsonlardan xoli şeʼrlar ijod etişiga işonamiz. Ijodda öz dunyosini yaratişga intilayotgan şoira qizimizga barkamollik tilaymiz.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶