Amudaryo tumanining ösimlik va hayvonot dunyosi
Amudaryo tumani – Qoraqalpoğiston Respublikasining janubiy qismida, Amudaryo daryosi böyida joylaşgan hududlardan biri hisoblanadi. Bu tabiiy ölka özining boy va xilma-xil flora hamda faunasi bilan ajralib turadi. Tabiatning noyob neʼmatlari hisoblangan ösimlik va hayvonot dunyosi nafaqat ekologik muvozanatni taʼminlaşda, balki mahalliy aholi turmuş tarzi va iqtisodiyotida ham muhim örin tutadi.
Amudaryo tumani tabiiy şaroitiga köra çöl va daryo böyi hududlarini qamrab olgan bölib, bu yerda ösimlik turlari ham geografik xususiyatlarga mos holda rivojlangan. Xususan, çöl hududlarida yontoq, çerkez, qandim, şöra, saksovul kabi ösimliklar ösadi. Bu ösimliklar asosan qurğoqçilikka çidamli bölib, ekologik barqarorlikni taʼminlaşda muhim rol öynaydi.
Saksovul, yontoq va qandim – çöl zonasidagi şamol eroziyasini kamaytirişda va tuproqni mustahkamlaşda bebaho ahamiyatga ega. Bunday ösimliklar orqali tuproqning hosildor qatlami saqlanib qoladi va çöllaniş jarayoni sekinlaşadi.
Daryo böylarida esa qamiş, jiyda, tol, qiyoq va turli suv ötlari keng tarqalgan. Bu ösimliklar daryo böyidagi ekologik muvozanatni saqlaş, suv muhitini filtrlaş, hayvonot uçun yaşaş muhiti yaratiş kabi vazifalarni bajaradi. Şuningdek, ular xalq xöjaligi va tibbiyotda ham foydalaniladi. Jiyda mevasi nafas yöllari xastaliklarida foydali bölib, xalq tabobatida tinçlantiruvçi vosita sifatida işlatiladi. Şöraning ayrim turlari esa suvda eritilib, peşob haydovçi sifatida foydalaniladi. Tolning barg va pöstloği yalliğlanişga qarşi tabiiy vosita sifatida qöllaniladi.
Qamiş – xalq xöjaligida uy-joy qurilişi, ayniqsa tom yopişda qöllaniladi. Tol esa savat töqiş va mebel işlab çiqarişda keng miqyosda foydalaniladi. Şuningdek, yontoq va şöra çorva uçun ozuqa vazifasini ham bajaradi. Tumanda yetiştiriladigan paxta, ğalla, mevali daraxtlar ham aholining daromad manbai sifatida muhim örin tutadi.
Amudaryo tumani hayvonot dunyosi bilan ham boy. Çöl hududida jayra, böri, şoqol kabi hayvonlar uçraydi. Sudralib yuruvçilardan qum kaltakesaklari, suv kapalaklari, çayonlar, ilonlar köp uçraydi.
Quşlardan qirğiy, loçin, kaptar, şilliqqanot tumanda uçrab turadi. Suv sohasiga yaqin hududlarda esa suv ilonlari, baliq turlaridan ilvir, sazon, tolstolob va suv quşlari – ördak, oqquş, ğozlar mavjud. Bu jonzotlar tabiiy muhitdagi biologik xilma-xillikni taʼminlaşda, örmon va suv havzalarining tabiiy tozaligini saqlaşda muhim örin tutadi.
Ayniqsa, suvda yaşovçi baliqlar aholining ovqatlaniş manbai bölib, baliqçilik xöjaliklari uçun muhim ahamiyat kasb etadi. Quşlar esa insektlar bilan oziqlanib, qişloq xöjaligi hosillarini himoya qilişda bevosita foydali böladi.
Amudaryo tumani tabiiy neʼmatlarga boy hudud hisoblanadi. Bu yerdagi ösimlik va hayvonot dunyosi nafaqat tabiat gözalligi, balki inson salomatligi, xöjalik yuritiş va ekologik barqarorlik nuqtai nazaridan ham bebaho ahamiyat kasb etadi. Tabiatning uşbu boyliklarini avaylab asraş, ulardan oqilona foydalaniş va kelajak avlodga yetkaziş barçamizning insoniy burçimizdir.
Nazokat Abdullayeva, 16-sonli umumtaʼlim maktabning geografiya fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶