SPOPT HAFTALIGIDA 36 MING 600 NAFAPDAN ZIYoD YoŞLAP IŞTIPOK ETDI
Jismoniy tarbiya va sport masalalariga bağişlab ötkazilgan yiğilişda Prezidentimiz tomonidan respublika taqvim rejasi doirasida har yili ommaviy sport tadbirlarini ötkazib boriş vazifasi berilgan edi. Şunga köra, birinçi bölib Qoraqalpoğiston Pespublikasida namuna tarzida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Özbekiston Yoşlar ittifoqi va boşqa taşkilotlar hamkorligida “Yoşlar sport haftaligi” taşkil etildi.
Qoraqalpoğiston Pespublikasidagi barça tumanlardagi kabi bizning tumanimizda ham ötkazilgan uşbu haftalikda turli sportlar böyiça musobqalar taşkil etildi. Sportning stol tennisi, gimnastika, voleybol, şaxmat-şaşka, kuraş va boşqa turlari böyiça ötkazilgan musobaqalarda 600 nafardan ziyod yoşlar iştirok etdilar. Haftalik davomida ötkazilgan ertalabki badantarbiya maşğulotlariga esa jami 36 mingdan ziyod yoşlar qatnaşib, kunni zavqli boşladilar.
1 va 2-oktyabr kunlari tuman sport maktabida stol tennisi böyiça oçiq birinçilik ötkazildi. Unda tumanimizdagi umumtaʼlim maktablaridan 81 nafar öquvçi iştirok etdi. Qizğin ötgan musobaqada 1-örin ğolibligi 40-son maktab öquvçisi Şahzod Jumaboyevga, 2-örin 5-son maktab öquvçisi Diyorbek Allaberganovga, 3-örin 15-son maktab öquvçisi Doston Jumanazarovga berildi. Qizlardan esa 31-son maktab öquvçisi Hurşida Qöçqorovaga 1-örin, 36-son maktab öquvçisi Iroda Qurbonboyevaga 2-örin, 27-son maktab öquvçisi Gulmira Bayramboyevaga 3-örin ğolibligi berildi.
3-oktyabr kuni tuman Madaniyat va aholi dam oliş markazida sportning badiiy gimnastika turi böyiça ötkazilgan oçiq birinçilikda 5-7, 8-9, 10-13 yoş toifadagi sportçi qizlar iştirok etdilar. Musobaqalarda gimnastika usullarini nafis harakatlar bilan namoyiş etib, öz mahoratini körsatgan qizlardan ğoliblar saralanib olindi. Yakuniy natijalarga köra, 5-7 yoşdagilar toifasi böyiça 31-son maktab öquvçisi Zuhra Jumaboyeva 1-örin, 6-son maktabgaça taʼlim muassasasi tarbiyalanuvçisi Lobaroy Arrabboyeva 2-örin, 17-son maktabgaça taʼlim muassasasi tarbiyalanuvçisi Suğdiyona Bektemirova esa 3-örinni egalladilar.
Şuningdek, 8-9 yoşdagi qizlar örtasida ötkazilgan musobaqalarda 30-son maktab öquvçisi Mahliyo Toirova 1-öringa, 55-son maktab öquvçisi Asaloy Arabova 2-öringa, 1-son maktab öquvçisi Sevinç Murodboyeva 3-öringa ega böldilar. Musobaqaning 10-13 yoşdagilar toifasi böyiça esa 31-son maktab öquvçisi Sevara Jabborbergenova 1-örin, 55-son maktab öquvçisi Puxşona Muhammadsoliyeva 3-örinni qölga kiritişga muvaffaq böldilar.
Sport haftaligi bellaşuvlari 4-oktyabr kuni ham davom ettirildi hamda 160 nafardan ziyod yoşlar Amudaryo akademik litseyi sport zali va maydonçalarida voleybol, futbol böyiça bölib ötgan musobaqalarda iştirok etdilar. Voleybol böyiça ötkazilgan musobaqalarda Amudaryo melioratsiya va suv xöjaligi kasb-hunar kolleji jamoasi 1-örin, NDPI qoşidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyi jamoasi 2-örin, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji jamoasi 3-örin ğoliblari böldilar. Futbol musobaqalarida esa Amudaryo maişiy xizmat körsatiş kasb-hunar kolleji jamoasi 1-örin Manğit iqtisodiyot kolleji 2-örin, Dörman qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji öquvçilari 3-örin ğolibligini qölga kiritdilar.
Haftalikning 5-oktyabr kuni şaşka böyiça ötkazilgan musobaqasi Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi va Nogironlar jamiyati tuman bölimi tomonidan taşkillaştirildi. Undan taşqari, tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimi bilan hamkorlikda şaxmat böyiça ham musobaqa ötkazildi.
“Yoşlar sport haftaligi” 6-oktyabr kuni davom ettirilib, Ittifoqning tuman Kengaşi va tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimi hamkorigida yoşlar örtasida kuraş musobaqalari ötkazildi. Musobaqalarning barça ğoliblari taşkilotçilar tomonidan “Faxriy yorliq” va sovğalar bilan taqdirlandilar.
Haftalik doirasida ötkazilgan barça musobaqalarda sportçi va sportga qiziquvçi yoşlar bellaşiş bilan birga özaro döstlik va hamjihatlikni ham mustahkamlaşdi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶