Haşarçilarimizning şaşti baland
Bizning Döstlik mahallamizda 832 xonadonda 3637 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning orasida turli kasb egalari, tadbirkorlar ham bor.
Joriy yil paxta yiğim-terim boşlanişi oldidan yiğin masʼul xodimlari hududimizdagi işsiz, işga yaroqli aholi bilan xonadonma-xonadon yurib, paxta terimida iştirok etib, oilasi iqtisodini yaxşilaşi uçun harakat qilişi imkoniyati mavjudligi, bunday köngilli terimçilar uçun MFY tomonidan qulayliklar yaratilişi töğrisida tuşuntirdik.
Harakatlarimiz izsiz ketmadi. Hozirgi kunlarda 60-65 nafar uyuşmagan aholi Oq oltin ovulidagi “Javlonbek-Nasiba” fermer xöjaligida paxta yiğim-terimida qatnaşayapti. Ularning har biri kuniga 70-80 kilogrammdan paxta terişib, xöjalik xirmoni kun sayin yuksalişiga hissa qöşişayapti.
Yillik paxta tayyorlaş rejasini ado etiş arafasida turgan fermer xöjaligida mahallamizdan borgan haşarçilar uçun barça şaroitlar yaratib berilmoqda. Tuşlikda issiq ovqat bilan taʼminlanmoqda. Şuningdek, terim pullari har kuni dala boşida berib borilayotir.
Kuniga 40-50 ming söm atrofida terim puli olayotgan haşarçilar oilasiga zarur mablağ topayotganidan va tumanimiz paxta xirmoni barvaqt yuksalişiga hissa qöşayotganidan xursand.
Bahodir Kazakov,
Döstlik MFY masʼul kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶