“QADRING BÖLSIN BALAND!” TADBIRI ORQALI ÖQUVÇILAR QALBIDA ONA TILI VA VATANGA MUHABBAT TUYĞUSI JÖŞ URDI
Dunyoda millat va elatlar köp, şu barobarida turfa tillar ham mavjud. Millat va elatlarning urf-odat va anʼanalari, tarixi va orzu-niyatlari öşa millat va elatning tili orqali namoyon böladi. Yondoş xalqlar va millatlar bilan özaro aloqalarni yölga qöyiş imkoni ham tili orqali amalga oşiriladi. Şuning uçun ham til – xalqlar va millatlarni, mamlakatlarni bir-biriga boğlab turuvçi buyuk va qudratli maʼnaviy köprik hisoblanadi.
Mustaqillik tufayli ona tilimiz tom maʼnoda jahonga yuz tutdi 50 milliondan ziyod insonlar sözlaşadigan özbek tiliga jahonning nufuzli mamlakatlari – Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Germaniya, Hindiston, Xitoy, Eron, Iroq, Pokiston, Bangladeş, AQŞ kabi davlatlarida qiziqiş ortdi. Ayni paytda özbek tilida öz ona tilidagidek sözlayotgan turli millat vakillari uçun tilimizning öziga xos jilvasi va jarangi, gözalligi havas uyğotgan bölsa, ne ajab! Çunki ğazal mulkining sultoni Mir Alişer Navoiy bobomizning asarlari mehrigiyosini, buyuk maʼnaviy qudratini dunyo xalqlari ilk bora özbek tilida anglab, his etdilar. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridagi vatanparvarlik, odamiylik tuyğulari dunyo xalqlari qalblarini özbaki söz ila mahv etdi!
Bu haqda 21-oktyabr – özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan 30-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan adabiy-musiqiy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbir iştirokçilari faxrlanib söz yuritdilar.
“Qadring bölsin baland!” mavzusida ötkazilgan mazkur tadbirda maktab sahnasi özbek tilining buyukligini jahonga köz-köz qilgan uluğ salaflar tomonidan yaratilgan matematik, juğrofiy, tibbiy kaşfiyotlar, badiiy asarlar va ona tilimiz taraqqiyotiga oid suratlar, hikmatli iboralar bilan bezatildi. Maktab öquvçilari ona tili va adabiyot öqituvçilari bilan birgalikda tayyorlagan kuy va qöşiqlarni ijro etişib, ona tilimizni madh etuvçi şeʼrlarni ifodali aytib berdilar, biri-biridan dilrabo raqslari bilan tadbir iştirokçilarini xursand qildilar.
Tadbir davomida 7 v-sinf öquvçilari tomonidan tayyorlangan milliylikni tarğib etuvçi, qalblarda ona tilimizga hurmat va mehr tuyğusini uyğotuvçi sahna körinişini namoyiş etişdi.
Sahna körinişi orqali tadbir iştirokçilari özbek tilidagi iboralar, xalq oğzaki ijodining boy maʼnaviy merosi, arxaik söz va iboralarning, boşqa tillardan özlaşgan sözlar, atamalarning maʼno-mazmunlari, nutqimizdagi ahamiyati haqidagi maʼlumotlarga ega böldilar.
“Qadring bölsin baland!” mavzusida ötkazilgan bayram tadbiri öquvçi-yoşlar qalbida ona tilimizga hurmat va mehr tuyğularini yanada mustahkamladi. Öquvçi-yoşlar tadbirda şunçaki iştirok etişmadi, balki qalblarida ona tilimizdan faxrlaniş tuyğulari yanada jöş urib, ona tili özlari uçun hayot qadar muqaddasligini, ona tili orqali qalblarida Vatanga çeksiz muhabbat hissi manguligini izhor etdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶