«Iftixor - Dent» xususiy klinikasi şifokorlari xazmatidan aholi mamnun
Mamlakatimizda tadbirkorlikka keng yöl oçilayotgani xususiy işlab çiqariş va xizmat körsatiş korxonalari bilan bir qatorda tibbiy muassasalarning ham kun sayin köpayişiga zamin yaratmoqda.
Tumanimizda faoliyat boşlagan ilk xususiy tibbiy muassasalardan hisoblanmiş “Iftixor Dent” klinikasi aholiga sifatli xizmat körsatib kelayotgani bilan köpçilikning eʼtiborini qozondi desak, mubolağa bölmaydi.
Klinikadagi tartib-intizom, orastalik taşrif buyuruvçilarda ijobiy taassuroti uyğotadi. Qolaversa, boş şifokor Adilboy Qurbonboyev, şifokorlar Gavhar Xolimbetova, Rasul Örozimbetov, Anvar Tojimurodovlar, şuningdek, hamşira qizlar Şahnoza Yusupova, Surayyo Safarboyevalarning şirin muomalasi, odobi ham tişi oğrib kelgan bemorlarning dardiga malham böladi.
Tibbiy muolajalar olib, darddan xolos bölib, ularga minnatdorçilik aytayotganlar köp.
Men ham klinika mehnat jamoasiga soğ böling, salomatlik posbonlari, deyman va kelgusi işlarida ham muvaffaqiyatlar tilayman.
Gulora DÖSÇONOVA, Bobur ovuli, pensioner.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶