HAR KUNINGIZ NAVRÖZ BÖLSIN!
Assalomu alaykum, aziz yurtdoşlar! Möʼtabar otaxonlar, onaxonlar,
aka-ukalar, opa-singillar, kelajagimizning işonçli vorislari bölmiş jajji
bolajonlar!
Mana qahri qattiq qiş orqamizda qolib, barça bayramlarning sarvari
Navrözi olamni qarşi olişga çoğlanmoqdamiz.
Yurtimizning bayramlari, tantanalari köp. Yaqindagina aziz onajonlarimiz, opa-singillarimiz bayrami – Xalqaro
xotin-qizlar kunini nişonlagan bölsak, mana endi Navrözga peşvoz çiqayapmiz.
Hammangizga maʼlum, Navröz yil boşi, Yangi kun sifatida belgilanadi. Bahor
kirib kelganiga yigirma kunça vaqt ötsada haqiqiy köklam, maysalarning yerdan
boş kötarişi, daraxtlarning jonlanişi bizning hududimizda Navrözga töğri
keladi. Bu sana bilan boğliq xalqimizning neça yuz yillik milliy anʼanalari,
urf-odatlari bisyorki, ular bayram mazmuniga mazmun, tarovatiga tarovat qöşadi.
Şu maʼnoda Navröz – haqiqiy milliy bayramimiz, qadriyatlarimiz boqiyligini özida ifoda etuvçi, yerga nur,
dilga surur bağişlaydigan, mehnatkaş, rizqini halol mehnati bilan undiradigan,
mehr-muruvvatli xalqimizning butun böy-bastini özida yaqqol körsata oladigan
bayram sifatida qadrlidir. Şu kuni ota-bobolarimiz ekin maydonlariga çiqib, yer
haydab uruğ soçişgan. El katxudolari dehqonlarga ekkan uruğlaringning biri ming
bölsin, elning rizqi möl bölsin, deya tilak tilab fotiha berişgan, ulkan
qozonlarda palov pişirilib, sumalak qaynatilgan. Yangi kun rizq-röz, fayz-baraka
ramzi ham hisoblangan.
Asrlar oşa bizgaça yetib kelgan, köngillarimizga bahoriy jöşqinlik,
yaratiş, yaşnatiş zavqini baxşida etuvçi uluğ bayram Navrözi olam tantanalari yil
sayin mazmunan boyib, tobora jozibador bölib bormoqda.
Tumanimizning barça hududlaridagi mahallalarda, mehnat jamoalarida,
umumtaʼlim va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida Navrözga bağişlangan köngiloçar
tadbirlar, sayllar allaqaçon boşlanib ketdi.
Qutluğ kunlarni, muhim sanalarni alohida tadorik bilan qarşilamoq ham
azaliy odatlarimizdandir. Joriy yil Navröz bayramiga ham puxta taraddud
körildi. Bayram oldi umumxalq haşari ötkazilib, çor-atrofimiz, köçalar,
hovlilar yanada saranjom-sarişta böldi, obodonlaştirildi, ezgu niyatlar bilan
köçatlar ekildi, atrofni bezab turgan daraxtlarga şakl berildi.
Azizlar! Men işonç bilan ayta olamanki, tumanimizning har bir fuqarosi,
yurt ravnaqiga ravnaq qöşaman, turmuşimni obod, farovon, gözal qilaman, degan
oliy maqsad bilan yaşamoqda, mehnat qilmoqda. Tumanimizning turli jabhalarida
bularning isbotini yaqqol körişimiz mumkin. Köpni körgan möʼtabar
otaxonlarimizning, onaxonlarimizning yöl-yöriqlari, duolari bizga madadkor
bölmoqda.
Yurtimizning, xonadonlarimizning fayzi bölgan otaxonlar, onaxonlar!
Mamlakatimizni, tumanimizni gullab-yaşnagan, obod göşaga aylantirişdek ezgu
maqsad yölida birlaşib, turli sohalarda mehnat qilayotgan aka-ukalar,
opa-singillar! Kelajagimiz bölgan jajji bolajonlar!
Sizlarni asl milliy bayramimiz – Navrözi olam bilan qizğin tabriklayman.
Har biringizga tani soğlik, xotirjamlik tilayman. Oilalaringiz doimo obodlik
nuridan çaroğon bölsin! Har bir kuningiz Navrözdek suyumli, şukuhli ötsin.
Rajabboy
YÖLDOŞEV,
tuman
hokimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶