14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:14
Fan va taʼlim 👁 5,345

DARSDA OʻQITUVChI ODOBI HAM MUHIM

DARSDA OʻQITUVChI ODOBI HAM MUHIM

Istiqlol tufayli mamlakatimizda fuqarolarning erkin va ozod taraqqiy etishi uchun keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Xalqimiz oʻzining boy tarixiy merosi, madaniyatining oʻlmas anʼanalarini tiklash va rivojlantirish, ulugʻ ajdodlarimizga munosib barkamol avlodni tarbiyalash, tafakkur olamini sogʻlomlashtirishdan iborat gʻoyat katta bunyodkorlikka kirishdi. Xalq taʼlimi tizimida olib borilayotgan ulkan islohotlar ham shular jumlasidandir.

Bugungi kunda sobiq ittifoq davridagidek oʻquvchining darsga qatnashishi, tinch oʻtirishi, tartibga rioya qilishi, necha baho olishi emas, darsda nimani oʻrganishi, nimalarga qiziqishi kuchaygani, oʻrganganlarini amaliyotda qoʻllay olishi va oʻz fikrini mustaqil oʻrtaga tashlay olishi oʻqituvchi mehnati natijasi hisoblanadi.

Yurtimizning kelajagi biz tarbiyalayotgan bolalar qoʻlida ekan, bu oʻz navbatida oʻqituvchi zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklaydi.

Zamon tezkor, zamon shiddatli. Bolalarimizning orzu-intilishlari, qiziqishlari ham shunga monand. Bu oʻz-oʻzidan oʻqituvchilardan chuqur bilimli, maʼnaviyatli, oqil va yetuk axloqli boʻlishni taqozo etadi.

Oʻzbekiston xalq taʼlimi vazirligining 2013-yil 28 fevraldagi buyrugʻiga asosan umumiy oʻrta taʼlim maktablar oʻqituvchi va oʻquvchilarining odob-axloq qoidalari qabul qilindi. U taʼlim tizimiga joriy etilgan hukumatimiz qarorlari, qoidalar va umum eʼtirof etilgan maʼnaviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, taʼlim muassasalari jamoa aʼzolarining muassasadagi oʻzaro munosabatlarida rioya etishlari shart boʻlgan obod-axloq tamoyillari, xulq-atvor meʼyorlari va majburiyatlarini belgilab beradi.

"Obod-axloq qoidalari” – umumiy oʻrta taʼlim maktablarida sogʻlom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida taʼlim-tarbiya berish, taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonining sifati, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan boʻlib, mamlakatimizdagi barcha taʼlim muassasalari oʻqituvchilari, oʻquvchilari va texnik xodimlari uchun majburiydir.

Toʻqqizta bobdan iborat "Odob-axloq qoidalari”da jamoa aʼzolarining odob-axloqiga oid qoidalar, oʻqituvchi va oʻquvchilarning taʼlim-tarbiya jarayonidagi oʻzaro munosabatlari, oʻqituvchilarning oʻzaro munosabatlari, maktab jamoasi aʼzolarining obod-axloqqa oid majburiyatlari, maktab jamoasi aʼzolarining odob-axloqida man etiladigan holatlar, ragʻbatlantirish va chora koʻrish tartibi aniq bayon etilgan boʻlib, bu qoidalar bizning 15-sonli umumtaʼlim maktabimiz faoliyatida ham dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Oʻz ishini mazkur qoidalar asosida tashkil oʻtgan oʻqituvchi oʻquvchilar oldida ibrat boʻlgulik maʼnaviy qiyofa kasb eta oladi.

Kimningdir yaxshi ishini eshitgan odam albatta, oʻqitgan ustoziga rahmat, deydi. Bu bejiz emas. Hammaning ham hayotida erishayotgan yutuqlarida maktab taʼlimining oʻziga xos oʻrni borligi tabiiy. Buning  ustiga oʻqituvchi yuksak odob-axloqi, yuksak maʼnaviyati, keng dunyoqarashi va mehr-oqibati bilan ham oʻquvchilarga oʻrnak boʻla olsa, uning oʻrgatgan bilimlarining qadri yanada yuksaladi.

Ha, oʻqituvchilik sharafli va ayni paytda masʼuliyatli kasb. Hayotini ana shunday fidoyilikka baxshida etayotgan barcha kasbdoshlarimni 1-oktyabr – Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni bilan tabriklayman.

Nargiza MATLATIPOVA,

15-sonli umumtaʼlim maktabi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019