Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari soni koʻpaymoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-yanvardagi «Fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qoʻshimcha daromad olishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumanida ham qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Qarorga asosan har bir fermer xoʻjaligida dala shiyponi, issiqxona, tovuqxona qurish, 50 tadan parranda va 1 boshdan qoramol boqish, 5 tadan asalari uyalarini tashkil qilib, asalarichilik tarmogʻini yoʻlga qoʻyish ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, aksariyat fermer xoʻjaliklarida issiqxonalar tashkil qilindi, dala shiyponlari qurildi. Asallari uyalari boqish yoʻlga qoʻyildi, tovuqxona qurilib, yetti xazinaning biri - tovuq boqish fermerlarga qoʻshimcha daromad keltirmoqda.
Bu kabi tadbirlar fermer xoʻjaliklarining daromadlarini oshirish, hududlardagi aholini ish bilan taʼminlash va qishloq aholisining daromad manbaini yaratishda muhim omil boʻlmoqda.
(Foto - http://navoitoday.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶