SOGʻLOM HAYoT TURMUSh TARZIMIZGA AYLANSIN!
7-aprel – 1948-yildan buyon Butun dunyo salomatlik kuni sifatida nishonlanadi. Joriy yilda bu sana “Barchaga salomatlik” degan shior ostida nishonlanmoqda.
Mutaxassislarning maʼlumotlariga koʻra, inson salomatligi 55 foiz holatda uning oʻziga, yaʼni yashash turmush tarziga, 20 foiz holatda ekologik omillarga, 15 foiz holatda irsiy omillarga, 10 foiz holatda tibbiy yordamga bogʻliq boʻladi. Demak, sogʻlom boʻlish uchun sogʻlom turmush tarziga amal qilish kerak.
Buning uchun, birinchidan, odam aqliy mehnat bilan qanchalik koʻp shugʻullansa, asab tizimi shunchalik koʻp kislorod va oziq moddalarni talab etadi. Bu talabni qondirish uchun avvalo, toza havodan nafas olish, kerakli oziq moddalarni isteʼmol qilish lozim.
Ikkinchidan, toʻgʻri va sogʻlom ovqatlanish kerak. Ovqatlanishda yoʻl qoʻyilgan xatolar natijasida ayrim xastaliklar avj oladi.
Uchinchidan, kundalik turmush tarzimizni maʼlum bir tartib asosida tashkil etishimiz va bu tartib, albatta, tabiat va badanimiz oʻzgarishlariga mos boʻlishi kerak.
Salbiy ruhiy holatlar koʻpgina xastaliklarni, jumladan, qon bosimi, nevroz, oshqozon yarasi, oʻsma, shishlar, qandli diabet singari kasalliklarni keltirib chiqaradi. Olimlarning fikricha, inson ortiqcha his-hayajonga berilmasligi, maqsadga erishish uchun faqat mehnat qilishi lozim.
Inson oʻz hayotida sogʻlom turmush tarzining yuqoridagi yoʻnalishlariga amal qilib yashashi bilan bir qatorda uni kundalik turmush tarziga aylantirishi zarur.
Jumaboy YaVQAShEV,
TTB koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi
Salomatlik boʻlimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶