YaXŞI YaŞAŞNI HAM BIROVDAN ÖRGANAMIZMI? YoXUD OZODALIK, ORASTALIK TURMUŞ TARZIMIZGA AYLANSIN!
Xaqlimiz azal-azaldan orastalikka çor-atrof obodligiga eʼtibor berib yaşab kelgan. Hovli-joyi toza xonadonlarning bekalari hurmat-ehtiromga sazovor bölgan. Qizlarining uquvliligi, çevarligi, orastaligi yuksak qadrlangan.
Yurtimizda har yili köklamda Navröz bayrami arafasida ötkaziladigan milliy urf-odatlarimizdan biri - haşarning asrlar oila yaşab kelayotgani zamirida ham xalqimizning tozalikka, saranjom-sariştalikka intilişi mujassam, desak mubolağa bölmas.
Joriy yilda ham bu umrboqiy odatimizga binoan mehnatga yaroqli barça aholi 17-18-aprel kunlarida bölib ötgan xayriya haşarida faol qatnaşib, köçalar böylarini, hovlilar atroflarini tozalaşdi, mevali-manzarali daraxtlar, gul köçatlarini ötqazişdi.
Bir söz bilan aytganda, çor-atrof özgaça qiyofaga kirdi. Kökalamzorlaştiriş, obodonlaştiriş oyligi mobaynida bu işlar hali davom ettirilayapti.
Afsuski, buningdek xayrli işlarga hamma ham birdek kirişyapti, deyiş biroz notöğriroq bölar.
Şu yilning 10-aprelida Manğit şahrining Çordara, A.Navoiy nomli, Böston mahallalarida bölganimizda bunga yana bir bora iqror böldik.
Çordara mahalla fuqarolar yiğini binosining sirti böyalmaganligi, bino joylaşgan ulkan köçada yaşil daraxtlar kamligi, borlari ham endi böy körsata boşlaganligi kişining diqqatini tortadi. Axir bu köça bunyod bölganiga neça ön yillar bölgan. Agar yöl böylariga özimizning hududimizda ekib kelinayotgan qoramon, oq tol, çinor, töronğil kabi uzoq yaşaydigan daraxtlar ekilganida köça fayzli, havosi toza bölar edi.
Mahallaning Zavqiy köçasi boşida tadbirkorlar faoliyat yuritayotgan bino atrofida ötgan yilgi ösgan ösimliklar poyalari şundoq turibdi. Manğitning qadimiy manzillaridan bölgan Zavqiy köçasi boşidagi xonadon tomorqasidagi yovvoyi ötlar qoldiğini kuni keçagina tuman DSENM va MFY xodimlari ogohlantirganidan söng tozalabdi. Qamiş, oqboş ösib yotgan, ança katta tomorqa yerga hali umuman ekin ekilmagan, hatto bu haqda xonadon egalari öylab ham körişmagan şekilli.
- Töğri, köçamiz böyida daraxtlar kam, ayrim xonadonlarda endi ekilyapti. Buning ham sababi bor. Ötgan yillarda vodoprovod suvi ham, oqar suv ham umuman bölmadi. Mana, Tursunboy Serikboyev oqsoqol bölib saylangaç, dardimizga quloq tutib, vodoprovod suvi kelişini taʼminladi. Agar oqar suv keltirişning iloji bölsa, tomorqalarimizdan könglimizdagiday foydalangan bölar edik, - deydi şu köçada istiqomat qiluvçi yakka tadbirkor Bahodir Avazmurotov.
Ha, bu gapda jon bordir. Biroq hamsuhbatimizning hovlisi oldi supurib-sidirilgan, daraxtlar kökarib turgani holda, qöşnilardan birining hovlisi atrofi-yu tomorqasini qamiş, oqboş bosib, qarovsiz, tozalanmay turganini, baʼzilari esa köçaga toş, şağal uyib qöyganini, hovlisi oldi bir dona daraxt ekilmay taqir bölib turganini qanday izohlaş mumkin?
Şu kunlarda Navoiy mahallasining Uluğbek nomli köçasiga taşrif buyurgan odamning bahri-dili oçilib ketadi. Köça böylab barça xonadonlar oldida qiyğos bölib gullab turgan olça daraxtlarini qöşnilar maslahatlaşib, birga ekkandek, böylari ham deyarli bir xil. Köçaning boşidan to oxirigaça supurib, suv sepilganini körib: - Köçangizning qiz-kelinlari juda ozodaga öxşaydi, - deya qilgan hazilimizga şu köçada istiqomat qiluvçi Bahrom Erimbetov:
- Bu köçamizning keksalari tarbiyasi tufayli. Ular doim yoşlarga yerdan unumli foydalanişni, ozoda va saranjom-sarişta yaşaşni örgatib çarçaşmaydi, - dedi kulib. Uning 6 sotixlik tomorqasida kökarib turgan kartoşkasi, piyozi va pomidor puştlari orasida ham begona öt yöq. Hovli içkarisi hozir supurilganday Xonadon sohibining aytişiça, hovlisining köça tarafiga ekilgan gilos daraxtlari mevasi özlaridan ortib, quda-anda-yu qarindoşlarga ulaşişga ham yetar ekan.
Xuddi şu mahallaning Guliston köçasida yaşovçi xonadonlarning ayrimlari hovlisi fasad qismiga keraksiz aşqol-daşqollar, mana bu xonadonda esa mollarning göngi yiğib qöyilgan.
Mahalla oqsoqoli Vahob Örozaliyevning aytişiça, bu yil köklamning özida mahalladagi har bir xonaadonga MFY xodimlari 7-marta kirib, tozalik, kökalamzorlaştiriş, tomorqa yerlardan unumli foydalaniş borasida tuşuntiriş işlarini olib borişgan. Biroq mahalla hududidan ötgan ulkan ariq içidagi, atrofdagi axlatlar, şişa siniqlari hali nazorat yetarliça emasligini körsatayapti.
Şu örinda bir haqli savol tuğiladi: nahotki bizga qanday yaşaş kerakligini kunda kimdir örgatib turişi lozim bölsa? Axir ozoda, obod hudud öz hayotimiz uçun zarurku! Şu makonda kelgusi avlodlar ösib ulğayadi. Ular ham bizning ögitlarimizdan emas, avvalo qilgan işlarimizdan örnak olsa...
Böston mahallasiga yöl olib, yöl boşidanoq taʼbimiz xira böldi. 38-sonli umumtaʼlim maktabi yonida, içkarilab, sport maydonçasi çetidagi ötgan yilgi ösgan ösimliklar poyalari, saqiç, muzqaymoqlar qoğozlariga közimiz tuşadi. Bu borada hammaga örnak bölişi lozim bölgan jamoa nazaridan bu hudud çetda qolgan körinadi. Sal içkarilab, turli tadbirkorlik subʼektlariga tegişli obʼektlar oldiga kimdir biron köçat ötqazişni ham öylab körmaganligini sezdik. Birining yonginasida töqaysifat ötgan yilgi oqboş, qamiş poyalar sarğayib turibdi. Yonginasida qöşnisining hovlisida turli mevalar gullab, ekinlar kökarib turgani ularning havasini keltirmaydi çoği.
Mahallaning “Uzumzor” köçasida ham kimningdir eşigi oldida qaçonlardir quriliş maqsadida töktirgan toşlarining ortgan qismi, kimningdir eşigi oldida tuproq uyulib turibdi. Köça oxiridagi qurilişi tugallanmagan bir hovli oldiga esa “uddaburon” bir kimsa axlat tökib ketibdi.
Bizning diqqatimizni tortgan narsa, mahallani suv bilan taʼminlaydigan ulkan ariq bir oyça burun tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi xodimlari tomonidan tozalangan ekan. Biroq ular suv yölini tozalab, savobli iş qilişibdi-yu, axlatlarini har yer - har yerga yiğib qöyib, taşib ketişni unutib yuborişibdi, çoği. Uyum-uyum ariq axlatlari ustiga şu atrofdagi xonadonlarda istiqomat qiluvçilar maişiy çiqindilarni ham taşlay boşlaşibdi.
Öylab köring, hozir köklam. Xonadonlardagi kiçkintoy bolajonlar hovlisi atrofida mazza qilib teng-töşlari bilan öynaşadi, şu yöldan maktabga qatnaşadi. Köçadagi uyum-uyum axlatlardan oziqlangan zararli haşarotlar ularning soğliğiga putur yetkazmasmikan?
Kunlar bundan-da isib ketsa (oldimiz yoz-da), badböy hidlar tarqalmaydi, deb kim aytadi?
Xullas, Manğit şahrining uçta mahallasini kezib, bugungi kunda odamlarning yaxşi yaşaşga, hayotda özlari uçun qulay muhit yaratib yaşaşga intilişini his qiliş barobarida yuqoridagidek noxuş manzaralarga ham duç keldik.
kamçiliklar barça mahallalar hududida ham uçraydi. Mazkur körsatuvimiz orqali barça aholini ozoda va saranjom-sarişta bölib yaşaşga çorlab qolamiz. Çunki ozodalik – salomatlik garovi.
Töramurod BOBONIYoZOV, tuman DSENM şifokori.
Ğayrat ISKANDAROV, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş bölimi boşliği.
Oygul RAJABOVA, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶