MAHORATLI ShIFOKORLAR TUFAYLI ShIFO TOPDIM
Salomatlik – eng bebaho boylikdir. Shu boisdan ham yurtimizda inson salomatligini muhofaza qilish, gʻamxoʻrlik qilish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Respublika koʻz kasalliklari shifoxonasiga davolanish maqsadida borib, buni oʻz hayotimda his etdim.
Kasalxonada sohaga oid yangi zamonaviy asbob-uskunalar yordamida qilinayotgan jarrohlik amaliyotlari meni ham darddan forigʻ qildi. Hozir shunday dorilomon kunlarda keksalik chogʻimda atrofimni yana ravshan koʻra olganimdan quvonib oʻtiribman. Kasalxonaga shifo izlab kelgan yurtdoshlarimizdan har kuni 25-30 nafarining koʻz qarogʻlari ochilib, dardiga malham topib ketayotganliklarining guvohi boʻldim.
Har bir kasbning oʻziga xos mashaqqatlari, muammolari boʻladi. Inson qachonki oʻz kasbini chuqur bilsagina hurmat-eʼtiborga loyiq boʻladi.
Tomirida tabobat ilmining sultoni Ibn Sino qoni oqayotgan Soliyev Yahyo, Sultonov Ruslan, Madaminov Abdulaziz kabi shifokorlarning fidoyi mehnatlari tufayli men ham shifo topdim.
Muomala odobi, kasbiy mahorati bilan yurtdoshlarimizning xira tortgan koʻzlarini ravshan qilayotgan Respublika koʻz kasalliklari shifoxonasi shifokorlariga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.
Jumagul Qoʻshjonova, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶