DARDGA DARMON ŞIFOKOR
Yaqinda nevaram – qizimning öğli Kamronbek Gulimmetov tösatdan oğrib, isitmasi kötarila boşladi. Uni öziga keltiriş uçun urinişlarimiz samara bermay, sudurgi bera boşlagaç, darrov “Tez yordam”ga qönğiroq qildik. Çaqiruvimiz böyiça kelgan şifokor çaqaloqqa birinçi tibbiy yordam berdi va qattiq şamollaganini aytib, kasalxonaga yotqiziş lozimligini tuşuntirdi.
Biz ham bola tuzalsa böldi, davolatişdan qoçmasligimizni aytdik.
Şunday qilib nevaram tuman Tibbiyot birlaşmasining bolalar reanimatsiyasi bölimiga yotqizildi. Bölim mudiri Egambergan Xidirov çaqaloq uç-tört kunda tuzalib, uyingizga qaytadi, xavotir olmang, deb könglimizga ança tasalli berdi va davolaşni boşladi.
Şifokor aytganidek, Kamronbek tört kunda tuzalib ketdi, hammamizni xursand qildi. Şunda men şifokor Egambergan Xidirovga qoyil qoldim. Ota-onalar tahlikali vaziyatlarda qolganda tasalli berişlariga, faqat mening nevaram emas, bölimga keltirilgan barça bolalarning soğayişi uçun yelib-yugurib mehnat qilişiga ofarin, degim keldi.
Haqiqatan ham bölimda nevaram davolanişi jarayonida köpçilik ota-onalarning farzandlari uning muolajalaridan soğayib, minnatdor bölib uylariga qaytayotganini öz közim bilan kördim.
Ilohim Egamberganga öxşagan şifokorlarimiz doimo omon bölişsin, deyman. Biz unga öxşagan soğlik fidoyilari bilan haqli ravişda faxrlansak arziydi.
Yöldoş Rajabov, mehnat faxriysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶