Oçiq eşiklar kuni
Hozirgi kunda öquvçi-yoşlarga turli kasb sirlarini örgatiş, qiziqişlariga qarab maktabda olgan bilimlarini rivojlantiriş, ularni hayotga tayyorlaş maqsadida tumanimizda 2011-yildan boşlab "Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi faoliyat olib bormoqda.
Markazimizga b yoşdan 16 yoşgaça bölgan öğil-qizlar jalb qilingan. Ularga 35 nafardan ortiq pedagog - xodimlar öz bilim va tajribalarini örgatib kelmoqda. "Barkamol avlod” bolalar markazimizda texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot, ölkaşunoslik va ekologiya yönalişlari böyiça "Kompyuter dizayni va grafika”, "Biçiş-tikiş”, "Munçoqli bezak”, "Töqiş”, "Yoş musavvir”, "Yoş ölkaşunos”, "Yoş ekolog”, "Folklor” va boşqa tögaraklar samarali faoliyat körsatmoqda. Har yili öquvçilarning qiziqişi va talabiga mos yangidan tögaraklar taşkil qilinmoqda. Markazda yoşlarni har tomonlama barkamol, maʼnan yetuk insonlar qilib tarbiyalaş maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tez-tez taşkil qilib turiladi. Ötgan öquv yilida markazimiz öquvçilari tumanda va Respublikada bölib ötgan körik tanlovlarda qatnaşib, faxrli örinlarni egalladilar.
Yoş avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetişi uçun ularning dunyoqaraşini kengaytiriş, qiziqiş va intilişini qöllab-quvvatlaş, bolalardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiriş, iqtidorli öquvçilarni tanlaş maqsadida "Barkamol avlod” bolalar markazida va markaz tomonidan tumanimizdagi maktablarda taşkil qilingan tögaraklarda 2013-2014 öquv yilining 16-sentyabr kuni "OÇIQ EŞIKLAR KUNI” ötkaziladi. Bunda tögarak rahbarlari, ota-onalar, öqituvçilar va öquvçilar qatnaşadilar. Öquvçilarga kasbiy bilimlarni beruvçi stendlar, öquvçilar tomonidan yaratilgan ijod namunalarining körgazmalari namoyiş etiladi. Öquvçilar bilan suhbat va uçraşuvlar taşkil qilinadi. Muloqotlarda "Barkamol avlod” bolalar markazining maqsad va vazifalari ahamiyati, tögaraklarning mohiyati haqida batafsil fikr yuritiladi. Bunday harakatlar bolaning jamiyatda öz örnini topişi uçun kasb-hunarning ahamiyati va zaruratini çuqur anglaşga xizmat qiladi. Har bir öquvçining iqtidori va isteʼdodiga qarab "Barkamol avlod” bolalar markazidagi tögaraklarga jalb qilinadi. Har bir öquvçi - ertamiz bunyodkori. Uning qiziqişi va qobiliyatini aniqlab, hozirdanoq aniq maqsad sari yönaltiriş yetuk mutaxassis tayyorlaşda muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizning buyuk kelajagini aynan öz kasbining ustalarigina qura oladi. "OÇIQ EŞIKLAR KUNI”ga qatnaşib, farzandlarining qiziqiş va qobiliyatlariga qarabularning kasbiy tögaraklarga aʼzo bölişiga kömaklaşiş maqsadida 16-sentyabr kuni siz aziz ota-onalar va öquvçilarni lutfan taklif qilamiz.
Sanamjon Qurbonova,
"Barkamol avlod” bolalar markazi uslubçisi.
(Foto-http://www.sharq.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶