SAYYoP SUDDA QAPZDOPLIKNI UNDIPIŞ MASALASI KÖPILDI
Maʼlumki, davlatimizda fuqarolarning qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yiğinlarni tölaşga majburligi tegişli qonun va hujjatlarda belgilab qöyilgan. Agar soliq qarzlari öz vaqtida tölanmasa, davlat soliq xizmati organlari tomonidan qarzdorligi mavjud bölgan soliq tölovlarga nisbatan majburiy undiruv çoralari köriladi. Undan taşqari, muddatida tölanmagan soliq qarzdorligi sud tartibda majburiy undiriladi.
7-fevral kuni tuman Davlat Soliq inspektsiyasi binosida tuman Iqtisodiy sudining soliq qarzdorliklarini sud tartibida majburiyundiriş maqsadida oçiq, sayyor sud majlisi ötkazildi. Sayyor sud majlisida tuman Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan kelib tuşgan byudjet va byudjetdan taşqari davlat maqsadli jamğarmalaridan soliq qarzi mavjud bölgan xöjalik yurituvçi subʼektlardan soliq qarzdorligini undiriş böyiça daʼvo arizalari körib çiqildi.
Sud majlisida daʼvogar va javobgarlar vakillaridan taşqari, boşqa xöjalik yurituvçi subʼektlar vakillari ham iştirok etdilar hamda soliq qarzdorligini qarzdorning mol-mulki hisobidan undiriş masalasi körildi.
Tuman Iqtisodiy sudining oçiq sud majlisida tuman Davlat Soliq inspektsiyasining byudjet va byudjetdan taşqari davlat maqsadli jamğarmalaridan soliq qarzi mavjud bölgan xöjalik yurituvçi subʼektlardan soliq qarzdorliklarini undiriş maqsadidagi 102 ta daʼvo arizasi körib çiqilib, ulardan 11 tasini javobgar qarzdorlikni tölaganligi sababli qanoatlantiriş rad etildi.
Daʼvo arizalarning 28 tasi javobgar qarzdorlik summasi qisman tölaganligi sababli, qisman qanoatlantirildi. Qolgan 63 ta daʼvo ariza töliq qanoatlantirilib, qarzdorlikni javobgarlar mol-mulki hisobidan undirişga qaratildi.
Holatlar yuzasidan tuman Iqtisodiy sudining hal qiluv qarori qabul qilindi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶