Shaxmatchilarning yutuqlari
Shaxmatni bejizga aql gimnastikasi deyishmaydi. Chunki u aqlni charxlaydi. Shu bois, tumandagi BOʻSMda shaxmat boʻyicha shugʻullanayotgan oʻgʻil-qizlar mahoratli murabbiy Rahmatjon Rahimovdan shaxmat oʻyinining sir-asrorlarini puxta oʻrganishmoqda. Shuningdek, shaxmat boʻyicha oʻtkazilayotgan turli musobaqalarda ishtirok etib, yutuqlarga ham erishmoqdalar.
Yanvar oyida Toshkent shahrida shaxmat boʻyicha 8,10,12 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Chempionatida Rahmatjon Rahimovning shogirdlari faol ishtirok etdilar. Ulardan Shohjahon Mamatsalayev va Sevinch Safarboyevalar yutuqli oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar.
Nukus shahrida ayol-qizlar oʻrtasida 1-3-fevral kunlarida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Qoraqalpogʻiston Chempionatida qatnashgan Sadoqat Rahimova ham gʻolib boʻlib, 3-oʻrinni egalladi.
Murabbiy Rahmatjon Rahimov esa kattalar oʻrtasida yanvar oyida Qoraqalpogʻiston Chempionati uchun oʻtkazilgan shaxmat oʻytni musobaqasida ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.
Ustoz va shogirdlar nufuzli musobaqalarda ishtirok etib, bundan ham katta yutuqlarni qoʻlga kiritish uchun harakat qilmoqdalar.
Hamida Rajabova,
BOʻSMning stol tennis boʻyicha murabbiysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶