BARÇAMIZ BIR OILAMIZ
Biz - özbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman va boşqa millat vakillari bir yagona Vatan – Özbekiston farzandlarimiz. Ota-bobolarimiz şu zaminda ösib-ulğayişdi va bu muqaddas zaminni bizlarga bebaho meros qilib qoldirişdi. Bizlar ham şu zaminni öz uyim-ölan töşagim, deya ardoqlab, unib-ösib, tubimiz bir, şoxlarimiz ming bölib köpaymoqdamiz.
Bu yil bahorda sakson yoşni töldirib, sakson birga qadam qöydim. Olma - Ota zooveterinariya institutida öqib, 1958-yili zootexnik mutaxassisligi böyiça diplomga ega bölib, özimizning Amudaryo tumaniga qaytdim. Uzoq yillar tumanimiz çorvaçilik sohasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritdim.
Oilaviy hayotimga töxtaladigan bölsam, rafiqam Guljonoy Yesimbet qizi bilan 55-yildan buyon katta va ahil oilani boşqarib kelmoqdamiz. Biz beş nafar öğil, tört nafar qizlarni tarbiyalab voyaga yetkazdik va ularning barçasini uyli-joyli qilib, mustaqil hayotga yölladik. Ulardan öttiz nafardan ziyod nevara va evara körib, baxtli-saodatli hayot keçirmoqdamiz.
Maʼlumki, mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari bir oilaning aʼzolaridek ahil va inoq hayot keçirişmoqda hamda ular jamiyatimizning yanada rivojlanib, gullab-yaşnaşi yölida xizmat qilişmoqda. Eng quvonçlisi şundaki, yurtimiz tinç-osoyiştaligidan könglimiz töq, eng muhimi, milliy va irqiy kamsitişlar bizning mentalitetimizga mutlaqo yot narsa. Barça millat vakillari teng huquqli. Hamma birdek munosib hayot keçirişga, mehnat qilişga, öqib, bilim olişga, özi tanlagan kasb-hunar va mutaxassislikni egallaşga, qobiliyatiga yaraşa barça darajadagi rahbarlik lavozimlarini yoki ilm-fan darajalarini egallaşga, öz vaqtida dam olib, soğligini yaxşilaşga va nafaqaga çiqişga haqli. Bunga ota-bobolarim va mening özim hamda farzandlarim hayoti, umuman barça millat vakillari, xususan bizning qozoq millatiga mansub kişilar hayoti guvoh. Şu davrgaça biron kişining sening millating qozoq, bizda boş zootexnik yoki xöjalik rahbari bölib işlaşga haqqing yöq, deganini eşitmadim. Qaytanga bir-birovni qöllab-quvvatlab, umum işi uçun bir yoqadan boş çiqarib jon kuydirib, vijdonan işlaş, fidoyilik körsatiş xalqimizga xos xususiyatdir. Umuman, barça sohalarda hammamizning haq-huquqlarimiz bir xil teng. Bizda qaysi millat vakili bölişimizdan qatʼiy nazar, çinakam insonlarça yaşaş uçun barça şart-şaroitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Töy-maʼrakalarimiz bir, özbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va boşqa millat vakillari bir-birlari bilan qiz olib, qiz berişib, quda-anda bölib umrguzaronlik qilmoqdamiz. Bizning mamlakatimizda barça millat vakillari ham huquqiy, ham moddiy, ham maʼnaviy jihatdan teng hayot keçirişmoqda. Turmuşimiz yildan-yilga yuksalib, farovon va obod bölmoqda. Barçamiz uçun qulay şart-şaroitlar va imkoniyatlar yaratib berayotgan davlatimizdan, davlatimiz rahbari – muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovdan çeksiz minnatdormiz. Şunday betakror gözal, jannatmakon yurtda yaşayotganimizdan benihoya baxtiyormiz. Ozod va obod Özbekistonimiz hamişa bor bölsin!
Jonuzoq JAĞALOV,
mehnat faxriysi, "Olmazor”mahallasi faoli.
(Foto - http://icc.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶