21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 17:44
Iqtisodiyot 👁 2,042

Soliq qonunchiligiga 2018-yildan kiritilayotgan yangiliklar

Soliq qonunchiligiga 2018-yildan kiritilayotgan yangiliklar

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti tomonidan 29-dekabrda “Oʻzbekiston Pespublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 3454-sonli qarori va “Soliq va byudjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Pespublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻri-sida” 454-sonli Qonuni qabul qilindi.

Qonun bilan 3 ta qonunlarga (“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonun, Byudjet va Soliq kodekslari), shu jumladan Soliq kodeksining 47 ta moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar, 2 ta boʻlim va 1 ta bobning nomiga tahririy oʻzgartirishlar kiritildi hamda 2 ta boʻlim va 1 ta bob chiqarib tashlandi. Shunga asosan:

I. 2018-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligida quyidagi yangiliklar joriy etilmoqda:

1) Foyda hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlarini birlashtirib, soliq stavkasi amaldagi 15,5 foiz oʻrniga 14 foiz qilib belgilandi hamda chegiriladigan xarajatlar tarkibi kengaytirildi. Doimiy muassasa orqali faoliyat yuritadigan norezidentlar uchun sof foydadan 10 foiz miqdorida soliq bekor qilindi.

(Amalda foyda soligʻi stavkasi 7,5 foiz, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi stavkasi 8,0 foiz, jami 15,5 foizga toʻgʻri keladi. Norezidentlar foyda soligʻidan tashqari sof foydadan soliq ham toʻlar edilar. Shuningdek, Soliq kodeksining 147-moddasidagi 28 turdagi soliq solish bazasidan chegirilmaydigan xarajatlardan 10 tasini chegirish imkoni berilmoqda).

2) Tovar aylanmadan davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar birlashtirildi va umumiy stavka 3,2 foiz qilib belgilandi.

3) Jismoniy shaxslarning daromad soligʻi boʻyicha uchinchi va toʻrtinchi shkaladagi stavkalari 0,5 foizga pasaytirilib, 16,5 va 22,5 foiz qilib belgilandi hamda fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan majburiy badal (INPS) summasi 1 foizdan 2 foizga oshirildi.

4) Yagona soliq toʻlovi boʻyicha 2017-yildagi soliq stavkalari saqlanib qolindi hamda tayyorlov tashkilotlari faoliyati ulgurji savdoga tenglashtirildi va soliq stavkasi tovar aylanmadan 4 foiz miqdorida belgilandi.

(Amalda tayyorlov tashkilotlari uchun yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solish obʼekti – realizatsiya qilingan tovarlarning xarid qiymati bilan sotish qiymati oʻrtasidagi farq sifatida hisoblab chiqarilgan yalpi daromad edi).

5) Egaligida bir gektardan oshadigan yeri bor boʻlgan yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar uchun barcha yer maydonidan yer soligʻini toʻlash joriy etildi va ular uchun yagona soliq toʻlovini uch karra yer soligʻidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlash tartibi bekor qilindi.

6) Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkalari oʻrtacha 30 foizga pasaytirildi va tadbirkorlik subʼektlarini faoliyat koʻrsatayotgan joyiga qarab tabaqalashtirish kengaytirildi.

(Masalan, avval amalda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari bilan chakana savdo qilish uchun qatʼiy belgilangan soliq miqdori Toshkent shahri uchun eng kam ish haqining 10 barobari va viloyatlar markazlarida 6,5 barobari miqdorida belgilangan boʻlsa, 2018-yilda tegishlicha 7 barobari va 5 barobari miqdorida hamda yuk tashish xizmatlari uchun avtomobillarning yuk koʻtarish tonnasiga qarab, eng kam ish haqining 2-4 barobar miqdorida belgilangan boʻlsa tegishlicha 1,5-3,5 barobar qilib belgilanmoqda, yaʼni oʻrtacha 30 foizga kamaymoqda).

7) Aktsiz soligʻi stavkalari respublikada ishlab chiqariladigan etil spirtiga – 25 foizga, tabiiy vinoga (etil spirti qoʻshilmagan) – 10 foizga, boshqa turdagi vinolar – 20 foizga, konyak – 27 foizga, aroq va boshqa alkogol mahsulotlari – 25 foizga, pivo - 20 foizga, tamaki mahsulotlari - 50 foizga indeksatsiya qilindi.

8) Suv va yerdan samarali va oqilona foydalanish maqsadida, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 15 foizga va yer soligʻi stavkasi 15 foizga indeksatsiya qilindi.

9) Soliq kodeksining 6 ta moddasiga oʻzgartirish kiritilib, yuridik shaxslar uchun mol-mulk soligʻi obʼektidan koʻchar mulklar chiqarildi.

Buning hisobiga tadbirkorlik subʼektlarining 236 mlrd.soʻm mablagʻi tejalishi kutilmoqda.

(Amalda mol-mulk soligʻi obʼektiga koʻchmas mulkdan tashqari, mashina va uskunalar, transport vositalari va boshqa koʻchar tusdan asosiy vositalar kiradi).

10) Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkalari:

benzin yoqilgʻisi – 1 litr uchun 232,5 soʻm / 1 tonnaga 308850 soʻm;

dizel yoqilgʻisi – 1 litr uchun 232,5 soʻm / 1 tonnaga 282500 soʻm;

suyultirilgan gazga – 1 litr uchun 230 soʻm, 1 tonnaga 436000 soʻm

siqilgan gazga – 1 kub metr uchun 305 soʻm miqdorida belgilandi.

Benzin va dizel yoqilgʻisi uchun soliq stavkasi 50 foizga pasaytirilgan, suyultirilgan gaz uchun 2017-yil stavkasi saqlanib qolindi va siqilgan gaz uchun soliq stavkasi 10 foizga indeksatsiya qilindi.

11) Yuk tashish korxonalariga har bir avtomashinasi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan qatʼiy belgilangan soliqdan kam boʻlmagan miqdorda soliqlarni toʻlash belgilandi.

Bunda yuk tashish xizmatini koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan jami toʻlangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar summasining bitta transport vositasi birligiga toʻgʻri keladigan miqdori ushbu faoliyat bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan qatʼiy belgilangan soliq summasidan kam boʻlmasligi lozim.

12) Alkogolli mahsulotlar va qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning hududlar boʻyicha tabaqalashtirilgan stavkalari joriy etildi.

(Amalda ushbu yigʻim miqdori barcha hududlar uchun bir xil qilib belgilangan).

13) Soliq kodeksining 3 ta moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq kadastr qiymatidan hisoblanishi hamda soliqning asosiy stavkasi kadastr qiymatiga nisbatan 0,2 foiz (2017-yilda 1,7 foiz edi) miqdorida va soliq hisoblashda kadastr qiymati 42 mln. soʻmdan (2017-yilda 3 mln. soʻm) kam boʻlmasligi belgilandi.

Kadastr qiymati mavjud boʻlmaganda soliq hisoblash uchun Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 210,0 mln.soʻm (2017-yilda 20,3 mln.soʻm) hamda boshqa shaharlarda va qishloq joylarda 90,0 mln.soʻm (2017-yilda 8,8 mln.soʻm) mol-mulkning shartli qiymati oʻrnatildi.

Shu bilan birga soliq yuki 2018-yilda keskin oshib ketmasligi uchun kadastr qiymatga asosan hisoblangan soliq summasi 2017-yildagi summaga nisbatan 20 foizdan koʻp boʻlmasligi belgilandi.

Bunda, Vazirlar Mahkamasiga jismoniy shaxslar mol-mulkining kadastr qiymatini aniqlash tartibini bir oy muddatdan tasdiqlash topshirildi.

14) Notijorat tashkilotlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirganda ishchilar sonidan qatʼiy nazar yagona soliq toʻlovini toʻlashga ruxsat berildi.

15) Uyali aloqa kompaniyalaridan abonentlik raqamlaridan foydalanganlik uchun olinadigan toʻlov miqdori har oyda 4000 soʻm qilib belgilandi.

16) Yagona ijtimoiy toʻlovning (mikrofirma va kichik korxonalar, fermer xoʻjaliklari uchun 15 foiz va boshqalar uchun 25 foiz) hamda fuqarolarning sugʻurta badallari (8 foiz) amaldagi stavkalari saqlanib qolindi.

17) Yuridik shaxslar uchun yer soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarini taqdim etish muddati 10-yanvar qilib va toʻlash muddati har oyning 10-kuniga qadar yillik summaning oʻn ikkidan bir qismi miqdorida amalga oshirilishi belgilandi.

(Amalda hisob-kitob 15-fevralgacha topshirilar edi va toʻlash har chorakda amalga oshirilar edi).

18) Yuridik shaxslar qatʼiy belgilangan soliqni har oyda keyingi oyning 10-kunidan (amalda 25-sana edi) hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan har oyning 10-kunidan (amalda 25-kunidan edi) kechiktirmay toʻlashi belgilandi.

II. 2018-yil 1-apreldan:

19) Mahalliylashtirish dasturi boʻyicha soliq imtiyozlari bekor qilinadi.

20) Eksport hajmining ulushiga qarab foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha pasaytirilgan stavkalarni qoʻllash tartibi bekor qilinadi.

21) Ustav jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan dividend summasiga nisbatan soliq imtiyozi bekor qilinadi.

22) Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun berilgan yer uchastkalari boʻyicha – yer uchastkasi berilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran ikki yil muddatga yer soligʻidan ozod etish tarzidagi imtiyoz bekor qilinadi.

Yuqoridagilardan tashqari, Oʻzbekiston Pespublikasining 2017-yil 30-dekabrda “Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Pespublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 455-sonli Qonuni qabul qilindi.

Qonun bilan 5 ta Qonunlarga (Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida, Bankrotlik toʻgʻrisida, Elektron tijorat toʻgʻrisidagi qonunlar hamda Fuqarolik va Soliq kodekslari), shu jumladan Soliq kodeksining 15 ta moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar hamda 7 ta yangi modda kiritildi.

Xususan, Kodeks halol soliq toʻlovchilarga soliq solishga doir joriy masalalarni hal qilishda har tomonlama koʻmak berish orqali ular va soliq organlari oʻrtasida kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutadigan soliq monitoringi joriy etilishini belgilab beruvchi yangi Soliq monitoringi bobi bilan toʻldirildi.

Soliq kodeksining 70-moddasiga kiritilayotgan oʻzgartirish bilan soliq toʻlovchi tafovut boʻyicha sabablarni koʻrsata olmaganda kameral nazorat natijalari boʻyicha aniqlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar miqdorini undirish tartibi belgilab berilmoqda.

Soliq kodeksining 54, 55 va 354-moddalariga vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan halol soliq toʻlovchilarga – xoʻjalik yurituvchi subʼektlarga soliq taʼtillarini berish tartibini belgilovchi oʻzgartishlar kiritildi.

Qonun bilan Fuqarolik kodeksining 26-moddasiga, Soliq kodeksining 62-moddasiga hamda “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Pespublikasi Qonunining 27 ta moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Ular yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan va muqaddam tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi natijasida yuzaga kelgan soliq qarzdorligiga ega boʻlgan fuqarolarga – jismoniy shaxslarga bankrotlikning qoʻllanishini nazarda tutadi.

Xoʻjalik yurituvchi subʼektlarni “yirik soliq toʻlovchilar” toifasiga kiritish boʻyicha aniq mezonlarni belgilab beruvchi normalarning huquqiy asosini belgilash uchun Soliq kodeksi yangi 222-modda bilan toʻldirildi hamda 45-moddasiga qoʻshimcha kiritildi.

Qonun bilan Oʻzbekiston Pespublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga va Soliq kodeksining 56-, 57-, 58-, 155-moddalariga soliq toʻlovchi vakolatli organlarga murojaat qilgan sanadan boshlab 15 ish kuni davomida ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summalarini qaytarish tartibini belgilab beradigan oʻzgartishlar kiritidi.

Soliq kodeksi yangi 71 prim 1-modda (Xoʻjalik yurituvchi subʼektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi ustidan monitoring) bilan toʻldirildi.

Bir soʻz bilan aytganda, soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlar mamlakatimizda barqaror iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashga, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga hamda tadbirkorlik subʼektlarining iqtisodiy tomondan yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

Ikrom XOʻJAMUPADOV,

tuman DSI shoʻʼba boshligʻi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026