Sport musobaqalarida ğoliblar taqdirlandi
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganining 26 yilligi arafasida Vatan himoyaçilari kuniga bağişlab, sportning voleybol, arqon tortişiş, mini futbol, yuguriş, granata uloqtiriş, öq otiş, turnikda tortiniş kabi turlari böyiça kasb-hunar kollejlari va akademik litsey öquvçilari örtasida tuman sport qömitasi tomonidan taşkillaştirilgan katta sport musobaqalari ötkazilgan edi. Sport musobaqalarida tumandagi Amudaryo akademik litsey va 8 ta kasb-hunar kollejlari öquvçilari faol iştirok etdilar. Yoş sportçilar çaqqon va abjirliklari bilan bölğusi Vatan himoyaçilari ekanliklarini körsatdilar.
Musobaqada barça sport turlari böyiça ğoliblar aniqlanib, Vatan himoyaçilari kuniga bağişlab tuman Madaniyat va aholi dam oliş markazida ötkazilgan bayram tadbirida taqdirlandi. Jamoa hisobida Amudaryo Melioratsiya va suv xöjaligi kollejiga I-örin, Amudaryo Akademik litseyiga II- örin, Manğit Iqtisodiyot kollejiga III- örin ğolibligi berilib, “Faxriy yorliq” va sovğalar topşirildi.
Şuningdek, Amudaryo Qişloq va suv xöjaligi kasb hunar kolleji öquvçilarining futbol jamoasi mini futbol musobaqalarida 1-örinni qölga kiritganligi uçun 1 darajali diplom va sovğalarga ega böldilar.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶