DAVLAT BYuDJETIDA FIRIB IŞLATILGANI MAʼLUM BÖLDI
Özbekiston milliy axborot agentligi Davlatimiz rahbari tanqid qilgan Ella Ostrogojskayaning öz lavozimida qilgan firiblari haqida rasmiy maʼlumotlarga tayangan xolda maʼlumot berdi.
E.Ostrogojskaya köp yillar Moliya vazirligining Davlat byudjeti boş boşqarmasining boşliği lavozimida işlagan. Faoliyati davomida respublika iqtisodiyotiga va davlat byudjetiga katta zarar yetkazgan. Özini xon, kölankasini maydon, deb hisoblagan bu xonim byudjet profitsiti körsatkiçlarini soxtalaştiriş, bu orqali esa soxta obrö-eʼtibor qozonişga harakat qilgan.
Har yili hisobot yilining 15-dekabridan boşlab byudjet taşkilotlari böyiça barça turdagi harajatlarni, şu jumladan oziq-ovqat, dori-darmon va boşqa zaruriy tölovlarni sunʼiy töxtatib qöygan. Sobiq vazir bilan til biriktirib Davlat rahbariga yolğon hisobot berişni odatiy holga aylantirgan.
Oqibatda hududlarning rejadan oşirib bajargan daromadlari respublika byudjetiga majburan olib qöyilgan. Ularning ustidan hukm ötkazib, boş egib kelmagunça erkin mablağlar qoldiği ularning ixtiyoriga berilmagan.
Vaziyat şungaça borganki, E.Ostrogojskaya sobiq vazir va Xodimlar boşqarmasining sobiq boşliği bilan til biriktirib, vazir örinbosarlariga ham tazyiq ötkaza boşlagan. Öziga yoqmaganlarning lavozimini pasaytirgan yoki ularni işdan böşatib, qutilib qöyaqolgan.
Birgina misol: hududlarning moliyaviy haq-huquqlarini himoya qilgan vazir örinbosarlaridan birini dastlab, Jamğarmaga, keyinçalik eng quyi böğinga işga yuborgan.
Bugungi kunda haqiqat qaror topib, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur şaxs munosib lavozimga tayinlandi.
Davlat byudjeti loyihasini tayyorlaşda xalqimizning eng zarur ehtiyojlari umuman hisobga olinmagan.
Şu örinda bir fakt: 2016-yilda Davlat byudjetidan Tez tibbiy yordamning bir çaqiruvi uçun bor-yöği 483 söm közda tutilgan. Respublika böyiça jami dori-darmon va tibbiyot vositalariga 229 milliard söm mablağ ajratilgan. Bu raqamlarni taqqoslaş uçun 2018-yil Davlat byudjeti parametrlarida Tez tibbiy yordamning bir çaqiruvi uçun 5 000 söm yoki jami dori-darmon va tibbiyot vositalariga 915 milliard söm (4 baravarga köp) rejalaştirilganligini körsatib ötiş mumkin. Endi tasavvur qiling: Tez tibbiy yordamning bir çaqiruvi uçun 483 söm belgilagan bu «jonkuyalar» nahotki ketadigan xarajatlarni hisobga olmagan bölsa?
Bitta şprits yoki bint ham bundan qimmat-ku?
Texnika xarajatlari, şifokorning bir kunlik mehnatini kim qoplaydi?
Aslida Tez tibbiy yordamga çaqirilgan şifokorning közingizga qarab turişiga, jamiyatimizda korruptsiyaga yöl oçgan şaxslar şular emasmikan?!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶