14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 13:28
Sport 👁 2,012

ELYoP MAShAPIPOV: YuPTBOShIMNING IShONChINI OQLAYMAN

ELYoP MAShAPIPOV: YuPTBOShIMNING IShONChINI OQLAYMAN

Prezidentimizning Qoraqalpogʻiston Pespublikasiga tashriflarini qoraqalpoq xalqi koʻtarinki kayfiyat va sohalardagi ulkan oʻzgarishlar bilan kutib oldilar. Davlatimiz rahbari tashrif davomida Qoraqalpogʻistondagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilab berilgan vazifalarning ijrosini koʻrish bilan bir qatorda Nukus shahridagi zamonaviy koʻrinishda yangi qurilgan olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorat maktabida boʻlib, sportchilar faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi va yutuqlarga erishgan sportchilarga qimmatbaho sovgʻalar taqdim etdi. Taniqli sport ustalari qatorida tumanimizdan yetishib chiqqan dzyudochi, Yevropa ochiq chempionati gʻolibi Elyor Masharipovga ham erishgan yutuqlari uchun “Malibu” avtomobilni sovgʻa qildi.

Yurtdoshimiz Elyor Masharipovning quvonchiga sherik boʻlib, taassurotlari haqida suhbatlashdik.
- Sportdagi yutuqlaringiz uchun Prezidentimiz tomonidan berilgan sovgʻani qabul qilganingizda koʻnglingizdan qanday tuygʻular kechdi?
- Men sportchilar oilasida voyaga yetganim sababli, bolaligimdan sportga qiziqdim. Otam Shomurod Masharipov sport murabbiysi boʻlgani uchun, eʼtibor berib shugʻullanishimga sharoit yaratib berdi. Onam ham doim gʻamxoʻrlik koʻrsatadi. Shularning sharofati va yurtimizdagi sport bilan shugʻullanishga yaratilgan keng imkoniyatlar tufayli, kurash sirlarini puxta egalladim. Bunda menga ustozim Chorsham Tajimurodov ham yaqindan  yordam berdi. Chirchiqdagi Olimpia zahiralari kollejida tahsil oldim. Oʻzbekiston chempioni boʻlishga muvaffaq boʻldim. Nufuzli musobaqalarda  sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdim. Bu yutuqlarim evaziga davlatimiz menga Qoraqalpoq Davlat jismoniy tarbiya fakultetiga imtihonsiz kirish imkonini berdi. Bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, yanada koʻproq oʻrganishga intildim. Natijada dzyudo kurashi boʻyicha dunyo miqyosida oʻtkazilgan qator sport musobaqalarida nufuzli oʻrinlarni yengib oldim va yurtimizga gʻalaba bilan qaytdim. Prezidentimiz nomidan berilgan “Malibu” avtomobili sovgʻasini qabul qilib olayotganimda erishgan bu yutuqlarim arzimasdek koʻrindi. Endi bundan keyin oʻtkaziladigan musobaqalarga qattiq tayyorgarlik koʻrib, yurtimga bundan-da, koʻproq yutuqlar olib kelishga harakat qilishim kerakligi koʻnglimdan kechdi.   
- Mamlakatimizda sportni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarga, qoʻlga kiritilgan yutuqlarning yanada koʻpayishiga qanday hissa qoʻshmoqchisiz?
- Yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar tufayli men sport  ustasi boʻlib yetishdim. Ayni paytda  Nukus shahridagi sport kollejida murabbiylik qilmoqdaman. Bu yerda 100 nafardan ziyod shogirdlarim bor. Men mana shu shogirdlarimga va yana koʻplab yoshlarga kurash sirlarini mukammal oʻrgatib, sport ustalari, polvonlar, chempionlar yetishtirib, sport sharafini yanada yuqori koʻtarmoqchiman. Yana Oʻzbekiston chempionatida 3 nafar shogirdimning yutuqqa erishganligini faxr bilan ayta olaman. Bugungi kunda davlatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yoshlarning sogʻlom boʻlib voyaga yetishida va sport boʻyicha xalqaro maydonlarda qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarning yanada koʻpayishida muhim oʻrin tutmoqda. Shunday ekan, men ham imkoniyat boricha mamlakatimiz sportini rivojlantirishga, munosib shogirdlar tayyorlab, Oʻzbekiston nomini dunyoga tanitishga harakat qilaman. 
- Kelgusidagi rejalaringiz qanday?
- Men doim yurtimizda sportga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan sharoitlar, biz yoshlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklarga munosib boʻlishga intilaman. Prezidentimizning menga uchrashuv chogʻida “Bu hali sovgʻaning birinchisi, sendan kelajakda bundan ham katta yutuqlarni kutaman”, dedilar. Buni juda katta masʼuliyat sifatida qabul qildim. Keyingi yillarda mashqlarda jarohat olganligim sababli sogʻligim pasayib, musobaqalarda ishtirok eta olmayotgan edim. Salomatligimni tezroq tiklab, 2018-yilda oʻtkaziladigan Osiyo Chempionatida, 2020-yilda boʻladigan Tokio Olimpiadasida ishtirok etib, birinchilikni qoʻlga kiritishga harakat qilishim lozim. Xudo xohlasa, Oʻzbekiston bayrogʻini yuqori koʻtarib, Prezidentimning ishonchini va sovgʻani, albatta, oqlayman.
- Ezgu niyatlaringizga va muvaffaqiyatga erishingizni tilaymiz va barchamiz yutuqlaringizni kutib qolamiz.

Jurnalist Ozoda Xudoyberganova suhbatlashdi. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019