USTOZIM IŞONÇINI ALBATTA OQLAYMAN
Sportning badiiy gimnastika turiga bölgan qiziqişim 5-sinfdaligimdan boşlangan. Şu qiziqişim 2009-yil ilk bora tumandagi Sport maktabiga yetakladi. Badiiy gimnastika zalida meni yaxşi kayfiyat bilan trener Maʼmura Matyoqubova kutib oldi. Ilk kundanoq maşğulotlarga qiziqib ketdim. Maşğulot jarayonidagi qiyinçiliklarni sabr-toqat bilan yengib, bardoşli va çidamli bölişni örgandim.
Mahoratim, özimga bölgan işonçim orta boşlaganidan keyin musobaqalarga ham qatnaşdim. Dastlab Nukus şahrida bölib ötgan “Umid nihollari – 2014” sport musobaqasida faxrli 3-örinni olişga, söngra yana köplab musobaqalarda ğoliblikka erişişga sazovor böldim. 2021-yilda esa Özbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining badiiy gimnastika yönalişiga öqişga qabul qilindim.
Öqişga kirganimdan keyin badiiy gimnastika sirlarini yanada mukammalroq örgana boşladim. Kelajakdagi orzularimdan biri – Manğit şahrida badiiy gimnastikani rivojlantirişga ustozim kabi öz hissamni qöşişdir. Murabbiyimning: “Sen hali hammasini uddalaysan, har sohada qiyinçilik bor, sen kuçli qizsan, senga işonaman”, deganlari hamon quloğimda jaranglaydi. Men ustozimning işonçini oqlaşga harakat qilaman va şunga intilaman.
Zebogul Haydarova, ÖzDJTSU Nukus filiali 2-bosqiç talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶