Endi tijorat banklarida oylik abonent tölovi olinmaydi
Özbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentyabrdagi “Pespublika bank tizimini yanada rivojlantiriş va barqarorligini oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan çora-tadbirlar Dasturining ijrosi yuzasidan Özbekiston Banklar assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan birgalikda amaldagi bank xizmatlariga belgilangan tariflarni qayta körib çiqdi. Bu haqda Markaziy bank rasmiy sayti xabar berdi.
Bunda, asosiy eʼtibor, bankning ratsional daromadliligini taʼminlagan holda tijorat banklari tarif siyosatlarini optimallaştiriş va şu orqali bank xizmatlari jozibadorligini oşiriş va yangi mijozlar jalb etişga, eng asosiysi, mijozlar bilan yaqin hamkorlik munosabatlarini örnatişga qaratildi.
Örganiş natijalariga köra, bank xizmatlari böyiça Tavsiyaviy tariflar işlab çiqildi va mamlakatimiz tijorat banklarining tarif siyosatlarini optimallaştiriş böyiça Banklararo kelişuv imzolandi.
Taʼkidlaş lozimki, Banklararo kelişuvga asosan tijorat banklari bank xizmatlari böyiça örnatilgan tölovlarni Tavsiyaviy tariflarda belgilangan miqdorlardan asossiz ravişda oşirmaslik va ortiqça tariflar örnatilişiga yöl qöymaslik hamda banklar tomonidan tasdiqlangan tariflarni özlarining rasmiy veb-saytlarida joylaştiriş belgilandi.
Tavsiyaviy tariflarga muvofiq 187 ta xizmat turi körib çiqilib, 63 ta xizmat turi bepul amalga oşirilişi, 86 ta xizmat haqi 15 foizdan 95 foizgaça arzonlaştirilişi, şuningdek xorijiy valyutada örnatilgan 7 ta xizmat haqi milliy valyutaga ötkazilişi yuzasidan kelişuvga erişildi.
Bepul amalga oşirilişi belgilangan xizmatlarning 29 tasi jismoniy şaxslarga, 25 tasi yuridik şaxslarga, 9 tasi esa yuridik va jismoniy şaxslarga körsatiladigan xizmatlardir (tijorat banklari tomonidan haq olinmaydigan xizmatlar röyxati ilovada keltirilmoqda).
Jumladan, mijozlardan olinadigan kredit ajratiş böyiça 10 ta, buxgalteriya hisobini yuritiş va bank hisobvaraqlari oçiş böyiça 12 ta, xorijiy valyutadagi xizmatlar böyiça 9 ta, plastik kartalariga xizmat körsatiş böyiça 11 ta, jismoniy şaxslarga körsatiladigan çakana bank xizmatlari böyiça 17 ta va boşqa xizmatlar böyiça 4 ta xizmat haqlari bekor qilindi (ilova).
Bank xizmatlari haqlarining bekor qilinişi, öz navbatida tijorat banklari tomonidan mijozlarga xizmat körsatilişida qöşimça qulaylik yaratiş bilan birga, aholi va xöjalik yurituvçi subʼektlarning pul mablağlari iqtisod qilinişiga xizmat qiladi.
Qayd etiş lozimki, Tavsiyaviy tariflarga köra, tijorat banklari tomonidan körsatiladigan xizmatlar uçun tölovlarning 18 tasi 30 foizgaça, 23 tasi 30 foizdan 50 foizgaça, 24 tasi 50 foizdan 80 foizgaça, 21 tasi 80 foizdan 95 foizgaça arzonlaşdi.
Umumiy tartibda milliy valyutada jismoniy va yuridik şaxslarga plastik kartalar oçiş, korporativ kartani almaştiriş, korporativ karta yöqotilgan yoki şikastlanganda uni tiklaş, tölovi rad etilgan yoki tölanmagan hujjatlarni qaytariş, omonat daftarçasini yöqotganligi uçun jarima hamda xorijiy davlatlar elçixonalariga beriladigan maʼlumotnomalar böyiça ilgari xorijiy valyutada (yevro, AQŞ dollari) belgilangan xizmat haqlari milliy valyuta – sömda belgilanadigan böldi.
Bank xizmatlarining sifatini oşiriş maqsadida:
- bank xizmatlarini qatʼiy ravişda mijoz bilan tuzilgan şartnoma şartlariga asosan körsatiş (bunda, şartnomada közda tutilmagan boşqa xizmat haqlari olinişiga yöl qöymaslik);
- xizmatlar körsatilişida şartnomada belgilangan muddatlarga amal qiliş;
- şartnoma şartlariga faqatgina mijozning roziligi bilan özgartirişlar kiritiş;
- mijozlar faoliyatida yuzaga kelgan muammolarni körib çiqişda ularning moliyaviy holatining öziga xos jihatlarini inobatga olgan holda yondaşiş yuzasidan tijorat banklari bilan kelişib olindi.
Uşbu bank xizmatlari böyiça örnatilgan Tavsiyaviy tariflar tijorat banklari va ularning mijozlari örtasidagi şartnomaviy munosabatlarda 2018-yilning 1-yanvaridan boşlab töliq tadbiq etiladi.
Ilova
Tijorat banklari tomonidan haq (tölovlar) olinmaydigan xizmatlar röyxati
1) Kredit ajratiş böyiça xizmat körsatişda:
- kredit hisobvarağini oçiş;
- kredit hisobvarağiga xizmat körsatiş;
- garov taʼminotini rasmiylaştiriş;
- garov taʼminotini töliq yoki qisman garovdan çiqariş;
- ajratilgan kredit böyiça monitoring ötkaziş;
- kredit qoldiğini boşqa bankka sotiş;
- kredit byurosidan maʼlumotlar oliş;
- garov reyestriga yozuv kiritiş;
- oçiq kredit liniyalaridan foydalanilmagan kredit summasi;
- kredit böyiça oylik abonent tölovi;
2) Buxgalteriya hisobini yuritiş, bank hisobvaraqlari oçiş böyiça xizmat körsatişda:
- milliy valyutada asosiy (yoki boşqa bank mijoziga ikkilamçi) talab qilib olingunça depozit hisobvarağini oçiş;
- bank mijoziga ikkilamçi, boşqa hisobvaraq oçiş va qayta rasmiylaştiriş;
- talab qilib olingunça, ikkilamçi va şu kabi depozit hisobvaraqlarni yopiş;
- şu bank oldidagi kredit qarzdorligini qaytariş (qoplaş) uçun mablağlarni ötkaziş (debet aylanma);
- mijoz boşqa bankka ötganda hujjatlarni tayyorlaş va rasmiylaştiriş;
- bir filialda mijozning bir hisobvarağidan boşqa hisobvarağiga hamda maxsus hisobvaraqlarga pul mablağlarini ötkaziş;
- byudjet taşkilotlarining byudjet hisobvaraqlariga xizmat körsatiş;
- kiçik tadbirkorlik subʼektlari hisobvaraqlaridan soliq va boşqa majburiy tölovlarni ötkaziş;
- hisobvaraqlarga xizmat körsatiş böyiça oylik abonent tölovi;
- akkreditiv hisobvarağini tasdiqlaş;
- hisobvaraq orqali amalga oşirilgan tölovlar haqida köçirma oliş;
- taʼsis hujjatlariga asosan hisobvarağini özgartiriş;
3) Xorijiy valyutadagi xizmatlar böyiça:
- yuridik şaxslarga hisobvaraq oçiş;
- yuridik şaxsning hisobvarağini yopiş;
- hisob-kitob çeklari summasini mijozning hisobvarağiga kirim qiliş;
- jismoniy şaxslarga hisobvaraqlar oçiş va hujjatlarni yuritiş;
- omonat daftarçasini beriş;
- mijoz omonat hisobvarağiga mablağlarni naqd va naqdsiz kirim qiliş;
- omonatni öz nomiga bankning boşqa filialiga ötkaziş;
- fuqarolar buyurtmasiga köra omonatlarni qidiriş;
- pul ötkazmalarni bekor qiliş va orqaga qaytariş;
4) Plastik kartoçkalariga xizmat körsatişda:
- iş haqi, stipendiya, pensiya, nafaqa, stipendiya tölovlari uçun milliy valyutada plastik kartoçkalar oçiş;
- milliy valyutada plastik kartoçkalar hisobvaraqlarini qöşimça mablağlar bilan töldiriş;
- milliy valyutada plastik kartoçkalarga mablağlarni kirim qiliş;
- milliy valyutada plastik kartoçkadan pul ötkazmalarini amalga oşiriş;
- milliy valyutada plastik kartoçkalar böyiça operatsiyalarni töxtatiş (“stop” listga köyiş);
- milliy valyutada plastik kartoçka “taqiqga” (blokirovkaga) tuşgan holda qayta faollaştiriş;
- korporativ plastik kartoçkadan mablağlarni çiqim qiliş;
- korporativ plastik kartoçkasi böyiça operatsiyalarni töxtatiş (“stop” listga köyiş);
- korporativ plastik kartoçka “taqiqga” (blokirovkaga) tuşgan holda qayta faollaştiriş;
- jismoniy şaxslarning çet el valyutasidagi konversion kartasini valyuta mablağlari bilan töldiriş;
- milliy valyutadagi terminallar orqali kirim qilingan naqd pulsiz mablağlarni depozit hisobvaraqlariga ötkaziş (inkassatsiya);
5) Jismoniy şaxslarga çakana bank xizmatlari körsatişda:
- omonat hisobvaraği oçiş;
- fuqarolar buyurtmasiga köra omonatlarni qidiriş;
- omonat daftarçasini oliş;
- kredit asosiy qarzi va foiz tölovlari böyiça bir martalik tölovlar;
- aliment tölaş uçun tölovlarni amalga oşiriş;
- naqd pulsiz mablağlarni omonatga kirim qiliş;
- iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlarni plastik kartalardan omonatga kirim qiliş;
- omonat hisobvarağiga naqd pul mablağlarini kirim qiliş;
- kreditlarni söndiriş;
- omonat mablağlarini “harakatsiz hisobvarağlar” toifasiga ötkaziş;
- bir bank tizimidagi omonat hisobvaraqlaridagi mablağlarni uşbu bankning boşqa filiallaridagi yoki şu bankning özidagi boşqa omonat hisobvaraqlariga ötkaziş;
- iş haqi, nafaqa, pensiya va unga tenglaştirilgan naqd pul mablağlarini bank kassasidan beriş;
- omonat foizlari va asosiy summasini beriş;
- jismoniy şaxslarga ipoteka krediti oliş uçun tölangan boşlanğiç badali qaytarib beriş;
- bir bank tasarrufidagi filiallarga boşqa banklardan kelib tuşgan mablağlarni talab qilib olingunça, muddatli va jamğarma omonatlariga ötkaziş;
- bank balansidagi garovga (balansga) qabul qilingan mol-mulklarni sotib oliş uçun mablağlarni şakllantiriş;
- bir bank tizimida boşqa filiallaridan omonatlarni yeçib oliş;
6) Boşqa xizmatlar:
- yuridik şaxslarga iş haqi va unga tenglaştirilgan mablağlarni bank kassasidan beriş;
- inkassatsiya qilingan naqd pul tuşumlarini qabul qiliş, qayta sanaş va hisobraqamga kirim qiliş;
- inkassator xaltasiga mablağlarni notöğri joylaştirilganda dalolatnoma tuziş;
- kafolatlarning şartini (miqdori va muddatini özgartirmagan holda) özgartiriş kabi xizmat turlari körsatilganda,
mijozlardan xizmat haqlari olinmaydi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶