HAR KUNI BIR TADBIR
Fasllar kelinchagi boʻlmish bahor mavsumi elimizga oʻzgacha shukuh bilan kirib keldi. Bahor kelishi bilan xalqimiz har xil bayramona tadbirlar oʻtkazishga kirishib ketdi.
Bizning 27-sonli maktabda ham bahorning ilk kunlaridanoq qiziqarli tadbirlar, koʻrik-tanlovlar boʻlib oʻtmoqda. Bu tadbirga "Arna boʻyi” mahalla fuqarolar yigʻini maslahatchisi, mahalla faol ayollari va boshqa mehmonlar taklif qilindi. Maktabimizning aʼlochi qizlari bellashgan tanlov 4 ta shartdan iborat boʻlib, qizlarimiz bu shartlar boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyish qilishdi. Maktabimiz maʼmuriyati tomonidan "eng chaqqon”, "eng zukko”, "eng latofatli”, "eng bilimdon”, "eng aqlli”, "eng pazanda” deb tan olingan qizlarimizga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Shuningdek bahor bayramlari munosabati bilan Anora Jumanova rahbarligidagi 1-sinfda ham tadbir boʻlib oʻtdi. Unda ota-onalar, oʻqituvchi-murabbiylar ishtirok etishdi.
Munavvara Ahmedova rahbarligidagi 7-sinf oʻquvchi-qizlari, ishtirokidagi "Balli, qizlar!” bellashuvi yanada qiziqarli boʻldi.
Xullas, maktabimiz oʻquvchilari va oʻqituvchilar jamoasi bahor bayramlarini munosib kutib oldilar.
Anora JUMANOVA,
27-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶