QÖLI YeNGIL HAMŞIRA
"Tölqin” ovulida tuğilib ösgan Gulbarçin Kamolova 11-sonli maktabda öqib yurgan kezlaridanoq hamşira bölişni, betob bölgan odamlarning dardiga darmon bölişni orzu qilardi.
Şu niyatda maktabni tugatgaç, 1-sonli Nukus tibbiyot kollejiga öqişga kirdi va 2015-yilda muvaffaqiyatli tamomlab, tuman Tibbiyot birlaşmasining reabilitatsiya bölimiga navbatçi hamşira bölib işga joylaşdi.
Öz sohasiga mehr qöygan Gulbarçinning masʼuliyatni his qilgan holda xizmat vazifasini sidqidildan ado etişi, barça bemorlarga birday xuşmuomalasi darrov közga taşlandi.
U öz ustida işlaşi, tinmay öqib-örganişi natijasida joriy yil köklamida tuman Tibbiyot birlaşmasi hamkor taşkilotlar bilan birga taşkillaştirgan "Yil hamşirasi – 2017”körik-tanlovida ğoliblikni qölga kiritdi.
Gulbarçin yoş bölişiga qaramay, ayni kunda tuman Tibbiyot birlaşmasining reabilitatsiya bölimi katta hamşirasi.
– Qisqa fursat içida qanday qilib bunçalik yutuqlarga erişdingiz? – qiziqib söradim undan.
– Hamşira bemorni öz muolajalaridan soğayib ketişiga işontira olişi kerak. Bemor oldida ikkilanmay, esankiramay, dadil işlagan hamşira köpçilikning işonçini qozonadi. Buning uçun kasbni puxta egallaş, tinmay öqib, örganib boriş talab etiladi.
1-sonli Nukus tibbiyot kollejida yaxşi öqiganim, turli tanlovlarda qatnaşib, kasbimni çuqur egallaşga intilganim mehnat faoliyatimda yutuqlarga erişişimga yordam berayapti, – deydi mamnuniyat bilan Gulbarçin.
U mehnat qilayotgan bölimda davolanayotgan bemorlar Gulbarçinni "qöli yengil hamşira”, – deya ataşadi. Bu uning jonkuyarlik bilan qilayotgan mehnatlarining munosib bahosidir.
Oygul RAJABOVA.
Suratda: iqtidorli hamşira Gulbarçin Kamolova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶