21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 17:46
Iqtisodiyot 👁 7,533

MAMLAKATIMIZDA INVESTITsION FAOLIYaT ERKINLIGINING HUQUQIY KAFOLATLARI

MAMLAKATIMIZDA INVESTITsION FAOLIYaT ERKINLIGINING HUQUQIY KAFOLATLARI

Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritishi natijasida juda koʻp sohalarda yutuqlarga erishdi. Buni biz birgina tashqi siyosat misolida tahlil qiladigan boʻlsak, aytish mumkinki, Oʻzbekiston Respublikasi dunyo davlatlari orasida oʻzining mustahkam oʻrnini egalladi hamda buni dunyoning barcha davlatlari tan oldi.

Oʻzbekiston hukumati iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida mamlakatimizning jahon miqyosidagi oʻrnini taʼminlashda bir qancha xalqaro tashkilotlar, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki bilan oʻzaro yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu hamkorliklar natijasi sifatida, Oʻzbekistonga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi koʻpaydi. Natijada rivojlanishi sust borayotgan korxonalar faoliyati qayta tiklandi hamda zamonaviy ishlab chiqarish tizimiga oʻtdi. Bozorlarimizda sifatli mahsulotlarning soni ortdi, aholining ish bilan taʼminlanish darajasi oʻsdi. Albatta, bu borada davlatimiz tomonidan ushbu faoliyatning huquqiy asoslari yaratilayotganligi eng muhim xususiyatlardan hisoblanadi.

Oʻzbekistonda bevosita investorlarning huquqlarini himoya qilish borasida bir qancha davlat organlari – jumladan, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi xorijiy investorlar hamda xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi, "Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi BMT (YuNIDO) bilan birgalikdagi texnikaviy yordam loyihasi doirasida investitsiyalarga koʻmaklashish xizmati, Davlat mulk qoʻmitasi huzuridagi koʻchmas mulk va xorijiy investitsiyalar agentligi investorlar huquqlarini kafolatli himoya qiladi.

Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiyot sohasidagi yana bir muhim qadami bu - Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil qilinishidir. Bu borada 1996-yil 25-aprelda "Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan edi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Navoiy viloyatida erkin industrial – iqtisodiy zona tashkil etish toʻgʻrisida”gi (PF – 4059) Farmoni asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan "Navoiy” erkin industrial – iqtisodiy zonasi boʻyicha Nizom ishlab chiqildi.

Bugungi kunda Navoiy viloyatining Navoiy va Zarafshon shaharlarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi 40 ta korxona oʻz faoliyatini olib bormoqda. Investitsiya kiritgan davlatlar qatorida AQSh, Xitoy, Rossiya, Ukraina davlatlari salmoqli oʻrinlarni egallaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017-yil 3-mayda PF-5032-sonli «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Boʻstonliq-farm» va «Parkent-farm» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi.

Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat koʻrsatishi uchun Prezidentimiz 2017-yil 7-avgustda "Erkin iqtisodiy zonalar samarali faoliyat koʻrsatishi uchun vazirliklar, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirish va ularning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi yana bir muhim hujjatni imzoladi.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda Oʻzbekiston kundan-kunga dunyo bozoriga chuqur kirib bormoqda. Bu – dunyo bozoriga sifatli va arzon narxda hamda qulay tarzda mahsulotlarni yetkazib berayotganimiz, tuzilgan shartnomalarning oʻz vaqtida bajarilishi, investitsiyaga qulay muhit yaratilganligining yaqqol dalilidir. Bir soʻz bilan aytganda, bularning barchasi mustaqillik bergan katta imkoniyatlardir.                   

Yu.S.Yerjanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boʻlimi katta maslahatchisi.

(Foto - http://uzlidep.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026