“Mahallamiz pahlavonlari - 2013”
NAVBAT RESPUBLIKA BOSQIÇIGA
Anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan musobaqaning bu yilgi bellaşuvlarida 1999-2000-yillarda tuğilgan öğil va qiz bolalar 3 vazn toifasida ğoliblik uçun kuraş olib borişdi.
"Mahallamiz pahlavonlari” anʼanaviy kuraş turnirining tuman bosqiçi joriy yil 20-iyul kuni tumandagi 38-son umumtaʼlim maktabining sport zalida ötkazildi; Musobaqada mavjud 47 ta ovul va mahallalardan 140 dan ziyod yoş kuraşçilar iştirok etdi.
3 vazn toifasida taşkil etilgan musobaqa qizğin kuraşlarga boy böldi. Musobaqada III-örinni Navoiy nomli mahalladan Bazarboyev Şamsiddin, Xitoy ovulidan Rahimboyev Doston, Beruniy mahallasidan Alimov Alibek, "Qum yop" mahallasidan Yöldoşev Sardor, Jangaboyev Hasan, "Örta qalʼa” ovulidan Azamatov Davlatyor, II-örinni "Qangli” ovulidan Örazboyev Karomaddin, "Qiliçboy” ovulidan Otajanov Ixlos, Navoiy mahallasidan Baltaboyev Nodirbek va faxrli I-örinni "Gulzor” mahallasidan Rajabov Zakir, "Qangli” ovulidan Jumaboyev Temur, Madiyorov Muxiddinlar öz vazn toifalarida birinçilikni egallab, musobaqaning respublika bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritişdi.
Musobaqa barça mahalla vakillarining faol iştirokida ötdi.
Akram BALTABOYeV,
"Mahalla” xayriya jamoat fondi
Amudaryo
tuman bölinmasi masʼul kotibi.
(Foto - http://mg.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶