AMUDARYo TELEVIDENIYeSI TAHRIRIYaTI TOMONIDAN ÖTKAZILGAN “MAHALLAMIZNING ENG ZIYoLI OILASI” TANLOVI ĞOLIBLARI ANIQLANDI
Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” grant loyihasi doirasida yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ular ongida Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini şakllantiriş maqsadida turli tadbirlar, tanlovlar ötkazilib, tarğibot işlari olib borilmoqda. Tahririyat xodimlari tomonidan taşkil etilgan uşbu tadbirlar nafaqat yoşlar, balki turli yoşdagi aholiga ham manzur bölib, barçasida faol iştirok etişmoqda.
14-iyun kuni mazkur grant loyihasi doirasida “Mahallamizning eng ziyoli oilasi” tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Uşbu marosimda “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti rahbari Örozali Reyimov hamda Amudaryo televideniyesi tahririyati xodimlar iştirok etişdi. Şuningdek, hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy-muhit barqarorligini taʼminlaşga hissa qöşiş, aholi örtasida oilaviy kitob öqiş anʼanasini ommalaştiriş, oilalarda kutubxonalar taşkil qilişni tarğib qiliş, şu orqali oila aʼzolarining maʼnaviyatini yuksaltirişga erişiş kabi maqsadlarda ötkazilgan uşbu tanlovda faol qatnaşgan va ğolib bölgan oilalar taşrif buyurişdi.
Böston mahallasidan taşrif buyurgan tadbirkor, hoji ona Gulasal Örozmetovaning oilasida 13 nafar aʼzosi bor. U 2 öğli, 3 kelini, 8 nevarasi bilan yaşab kelmoqda. Katta öğli Ruslan Iskandarov tuman Içki işlar bölimida xizmat qiladi. Kiçik öğil Zafarjon esa quriliş işlari bilan şuğullanadigan “Viktoriya-xolding” MÇJ rahbari bölib işlaydi. Katta kelini Nodiraxon “Istiqlol” töyxonasini boşqaradi, ikkinçi kelin Malohatxon “ARISTOKRAT-baby” nodavlat oilaviy MTT rahbari, kiçik kelin esa savdo xodimi.
Gulasal opa rahmatli umr yöldoşi Töliboy aka bilan birgalikda oilada farzandlarining bilimli, öqimişli, bölişlariga alohida eʼtibor qaratişdi. Şu tufayli ular kiçik yoşdanoq kitobxonlikka, bilim olişga qiziqib, özlari tanlagan kasblarning egalari bölib yetişişdi. Endilikda esa onaxon nevaralarning böş vaqtlaridan unumli foydalanişlariga imkoniyat yaratib, köproq kitobxonlikka qiziqtirişmoqda.
Onaxon öz farzandlari bilan birgalikda köplab xayrli işlarga ham boş-qoş bölmoqda. “Viktoriya-xolding” MÇJda 35 ta, “ARISTOKRAT-bebi” nodavlat oilaviy MTTda 16 ta iş örni yaratib, işsiz fuqarolarning bandligini taʼminlaşdi. Yaqinda Xitoy Respublikasidan kiritilgan 150 ming AQŞ dollari miqdoridagi investitsiya mablağlari hisobidan taşkil etilib, işga tuşirilişi kutilayotgan beton zavodida esa 150 ta iş örni yaratilib, işsiz fuqarolar bandligini taʼminlaş közda tutilmoqda. Quriliş taşkilotiga rahbarlik qilib kelayotgan farzandi Zafarjon ötgan yili tumandagi Yangiobod mahalla fuqarolar yiğini binosini öz mablaği hisobidan qurib foydalanişga topşirdi.
Boyovul mahallasidan ziyoli oila deb topilgan Egambergan Yodgorovlar oilasi aʼzolari ham 13 nafardan iborat. Oila sohibi Egambergan Yodgorov umr yöldoşi Pardagul Yusupova bilan birgalikda 3 öğilni voyaga yetkazişgan. Ular biri zavodda, biri fabrikada işçi bölib işlaşgan va farzandlarning bilimli, öqimişli bölişlariga alohida eʼtibor qaratişgan. Hozir öğillar ham, şu oilaga tuşgan 3 nafar kelinlar ham tumandagi umumtaʼlim maktablarida öqituvçi bölib işlab, elga ziyo tarqatişmoqda. Ziyoli oilada kamolga yetayotgan 5 nafar nevara ham bobo-buvilaridan ertaklar tinglab, turli kitoblarni öqib, kamolga yetişmoqda.
Tanlovda ğolib bölgan Gulzor mahallasidagi Jumamurodovlar oilasida 2 öğil, 2 qiz voyaga yetgan bölsa, hozirda xonadonda 2 kelin va 4 nafar nevaralar bilan yaşaşadi. Tumandagi sobiq 44-sonli avtobazada şofyor bölib işlagan oila sohibi Baxtiyor Jumamurodov, 40-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida tarbiyaçi bölib işlagan xonadon bekasi Enajon Avezmurodovalar ham asosiy vaqtini farzandlarini el koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalaşga bağişlab, kam bölişmadi. Hozir öğillari öz hunarlari bilan el xizmatida bölib, oilalariga daromad topişmoqda. Qizlar ham biri tikuvçi, biri pazanda bölib, kelin bölib tuşgan xonadonlarida özlari kabi solih farzandlar tarbiya qilişmoqda. Kelinlar esa boğçada tarbiyaçi, yoş avlod taʼlim-tarbiyasi bilan band.
Şuningdek, tumanimizning çekka hududida joylaşgan Nazarxon ovulidan taşrif buyurgan Tozaxon Qdirniyazova ham turmuş örtoği Xidirboy bilan birgalikda 3 nafar qiz va 1 nafar öğil farzandni tarbiyalab voyaga yetkazmoqda. Tönğiç qizi Nilufar hozirgi kunda Teatr va sanʼat instituti Nukus filialining 3-bosqiç talabasi. Tozaxon ovuldagi 3-sonli maktabda kutubxonaçi bölib işlaydi. U kitobxonlik borasida boşqalarga örnak bölib, katta yutuqlarni qölga kiritib kelmoqda. U ötgan yili Respublikada ötkazilgan kitobxonlik festivalida sovrindor bölib qaytdi. Bu yil Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida ötkazilgan kitobxonlik festivalida ğolib deb topildi hamda birinçi darajali diplom va festivalning maxsus kubogi bilan taqdirlandi.
Grant loyihasi doirasida ötkazilgan “Mahallamizning eng ziyoli oilasi” tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimida oilalar bilan suhbatlar ötkazilib, ularning hayotidagi yutuqlari, oilaviy kitobxonlikka bölgan munosabati, oiladagi tarbiyaviy udumlar, odatlar xususida sözlaşildi. Nevaralarning bobo-buvilaridan eşitgan ertaklari, kitobxonlik haqidagi şeʼrlari tinglandi. Şundan söng, tanlovda ğolib deb topilgan har bir oilaga faxriy yorliq va sovğalar topşirildi.
Grant loyihasi doirasidagi maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega bölgan mazkur tadbir juda qiziqarli ötdi. Oilalarining tumanda eng ziyoli deb eʼtirof etilgani, eʼtibor körsatilib rağbatlantirilganidan xursand bölgan iştirokçilar taşkilotçilarga öz minnatdorçiliklarini bildirişdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶