FILIPPINDAN AMUDARYoGA BRONZA MEDAL BILAN
Yaqinda Filippin davlatida ösmirlar örtasida boks böyiça bölib ötgan Osiyo çempionatida tumanimizdagi Bolalar-ösmirlar sport maktabining "Tölqin” ovulida faoliyat yuritayotgan boks guruhi tarbiyalanuvçisi Şerzod Qodirboyev ham qatnaşib, 3 ta oltin, 3 ta kumuş, 4 ta bronza medalini yengib olib, umumjamoa hisobida birinçi örinni egallagan özbekistonliklar ğalabasiga munosib hissa qöşdi.
Şerzod Qodirboyev 60 kilogramm vazn toifasida kuraş olib borib, faxrli uçinçi örinni egalladi va bronza medal bilan taqdirlandi.
Nukus olimpiya zahiralari kollejining birinçi bosqiçini endigina tugatgan yoş boksçi bu ğalabasi bilan öz yönalişi böyiça oliygohga imtihonsiz kiriş imtiyoziga ham ega böldi.
Oddiy qişloq öğlonining erişgan bu natijasi nafaqat uning yaqinlari, balki butun tumanimiz xalqi uçun ham faxrdir.
– Şu kungaça özim şuğullanayotgan guruh aʼzolari içidan Qoraqalpoğiston, Özbekiston çempionlari, nufuzli xalqaro musobaqalar sovrindorlari yetişib çiqqan edi. Şerzod ilk bor Osiyo çempionatida qatnaşib, bronza medaliga sazovor bölgan şogirdim, – deydi uning murabbiyi Azimjon Muxtorov quvonç bilan.
Hamyurtlarimiz qayd etgan quvonarli natijalarni quyidagi saytda töliq öqişingiz mumkin.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶