2919 nafar bitiruvçi, 27ta oltin va 4ta kumuş medal: umumtaʼlim maktablarida öquv yili nihoyasiga yetdi
25-may – unitilmas lahzalar va his-tuyğularga boy kun. Uşbu sanada mamlakatimizdagi barça umumtaʼlim maktablarida “Sönggi qönğiroq” sadolari yangrab, yana bir öquv yili yakunlandi. Hammaning könglida hayajon. Bitiruvçi sinf öquvçilari katta hayot ostonasida turibdi. Boşqa öquvçilar esa, yana bir sinf yuqorilaydi. Farzandining bugungi kamolidan, erişgan yutuqlaridan ota-onalar xursand. Ularning közlarida quvonç yoşlari. Öqituvçi-ustozlar esa öz farzandidek ardoqlab, taʼlim-tarbiya bergan öquvçilarini qadrdon dargoh ostonasidan yangi marralar tamon kuzatdi.
Joriy yilda Amudaryo tumanidagi umumiy örta taʼlim maktablarining 11-sinfini jami 2919 nafar öquvçi yoşlar bitirdi. Ularning 27 nafari oltin va 4 nafari kumuş medal sohib va sohibalari bölişdi.
25-may kuni barça maktablarda 1-, 4-, 9- va 11-sinf öquvçilari iştirokida “Sönggi qönğiroq” tadbirlari ötkazildi.
Tumanimizdagi 55-sonli umumiy örta taʼlim maktabida bölib ötgan bitiruv keçasiga Qoraqalpoğiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boşqarmasi boşliği Azamat Bekmurotov, Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şomurotovlar taşrif buyurdi.
Dastlab, Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. Şundan söng Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şomurotovlar va Qoraqalpoğiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boşqarmasi boşliği Azamat Bekmurotovlar sözga çiqib, bitiruvçi sinf öquvçilarini hayotlaridagi katta vazifani muvaffaqiyatli bajargani bilan samimiy tabriklab, kelgusi işlarida omad va zafarlar tiladi. Ular özlari tahsil olgan davrlarni eslab, bugun davlatimiz tamonidan yaratilgan şart-şaroit va berilayotgan imkoniyatlardan yoşlar töğri foydalanişlari zarurligini alohida taʼkidlaşdi.
Sönggi yillarda sohalarda amalga oşirilayotgan islohotlar sabab taʼlim tizimi zamon talablari darajasida taraqqiy etmoqda. “Yangi Özbekiston maktab ostonasidan boşlanadi” şiori ostida maktab taʼlimini rivojlantiriş umumxalq harakatiga aylandi. Prezident maktablari, ijod va ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalarida bilmga çanqoq yoşlar zamonaviy şaroitlarda innovatsion metod va darsliklar asosida jahon andozalariga mos sifatli taʼlim olişyapti. Yangi oliy öquv yurtlari taşkil qilinib, örta va örta maxsus maʼlumotlilarni taʼlimning keyingi bosqiçiga qamrab oliş darajasi oşmoqda.
Tadbirda maktab direktori Davron Arikov bitiruvçilarni va ularning ota-onalarini yana bir öquv yili muvaffaqiyatli yakunlangani bilan samimiy tabriklab, joriy öquv yilida erişilgan yutuqlar haqida töxtalib ötdi. Qayd etilganidek, 11-sinf öquvçisi Hafiza Maqsudova xorijiy tildan xalqaro sertifikat sohibasi böldi. Hulkaroy Yuldaşeva, Sevinç Şomurotova, Şahzoda Yusupovalar ham xorijiy tildan milliy sertifikani qölga kiritişdi. Dildora Safarboeva esa umumtaʼlim maktablari örtasida ötkazilgan fanlar olimpiadasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida geografiya fanidan faxrli 1-örinni qölga kiritdi. Tadbirda qatnaşgan ota-onalar öqituvçi-ustozlarga minnatdorlik bildirişdi.
“Sönggi qönğiroq” tadbirlari Amudaryo tumani ixtisoslaştirilgan maktabida ham kötarinki ruhda ötkazildi.
Joriy öquv yilida Amudaryo tumani ixtisoslaştirilgan maktabini 45 nafar öquvçi bitirdi. Ularning 28 nafari milliy va 20 nafari xalqaro sertifikatlarga ega böldi. Jumladan, Xudoybergan Şarifov va Şohruh Rahimovlar ingliz tilidan B2 hamda matematika böyiça milliy sertifikatidan A+ darajalarini olişga muvaffaq bölişdi. Botirjon Kamolov esa muddatidan oldin 4ta xalqaro oliygohga öqişga qabul qilindi.
Tadbir yakunida “Aʼloçi öquvçi”, “Jonkuyar ona”, “Faol ota”, “Masʼuliyatli ota-ona” nominatsiyalari böyiça taşakkurnomalar öz egalariga tantanali tarzda topşirildi.
Joriy öquv yili davomida Amudaryo tumanidagi 40-sonli umumtaʼlim maktabi ham köplab yutuqlarga erişdi. Xususan, bu yil maktabni 160 nafar yoşlar tamomlagan bölsa, ularning 3 nafari – Laylo Ilhomova, Iroda Ismoilova, Dilafruz Bahtiyorovalar muvaffaqiyatli oltin medal sohibalari bölişdi. 6 nafar öquvçi esa muddatidan oldin talabalik baxtiga muyassar böldi. Jumladan Laylo Ilhomova Korea Respublikasidagi oliy taʼlim muassasasiga öqişga qabul qilingan.
Bitiruvçilar uçun bu kun hayajon va quvonçga töla unutilmas sana hisoblanadi. Çunki ular jonajon maktabi, döstlari va ardoqli ustozlari bilan xayrlaşadi hamda yangi hayot sari qadam qöyadilar. Öqituvçilar uçun esa bu sana öz işlarini sarhisob qiliş, mehnatlarining samarasini köriş va bitiruvçilar bilan xayrlaşiş imkoniyatidir. Uşbu sana ota-onalar uçun ham unutilmas taassurotlarga boy böldi. Ulardan qay birlari bolajonining 1-sinfni tugatayotganiga quvonsa, yana birlari dilbandining birinçi ustozi bilan xayrlaşmoqda. 9-sinfni tamomlayotgan aksariyat öquvçilarning ota-onalari farzandlarini kasb-hunar taʼlimiga yönaltirişni möljallayotgan bölsa, 11-sinf bitiruvçilarining ota-onalari esa qaysi taʼlim muassasalariga hujjat topşirişni öylab, rejalar tuzmoqda.
Tadbir söngida “Sönggi qönğiroq” jaranglab, öquv yili rasman nihoyasiga yetdi.
25-may kuni ertalab tumanimizning ilğor taʼlim muassasalaridan hisoblangan 16-sonli maktabda ham “Söngi qönğiroq” tadbirlari kötarinki ruhda ötkazildi.
Joriy öquv yilida mazkur maktabning 4ta 11-sinflarini jami 102 nafar öğil-qizlar tamomlaşdi. Ular orasida yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli öquvçilar talaygina. Jumladan, Zohidjon Ozodov muddatidan oldin talaba bölib, Toşkent xalqaro Vestminster universitetiga öqişga qabul qilindi. Şuningdek, Mahmud Qozoqboyev hamda Şavkat Qöçqorovlar xorijiy til böyiça B2 daraja sertifatlarini qölga kiritişdi.
Tadbirda sözga çiqqan maktab masʼullari va ota-onalar bitiruvçilarning kelajakdagi hayot yöllarida muvaffaqiyatlar yor bölişiga, orzu-niyatlarining röyobga çiqişiga tilakdoş böldilar. Fursatdan foydalanib, barça bitiruvçilarga hayotning yangi bosqiçiga qöyayotgan qadamlari muborak bölişini tilaymiz, özlarining çeksiz salohiyatlarini işga solib, dunyoni özgartirişga qodir bölgan yangiliklar va ijod mahsullari yaratişlariga işonamiz. Zero, yoşlarimizning bugungi harakati Yangi Özbekistonning ertangi taqdirini belgilab beradi. “Sönggi qönğiroq” sadolari bilan yangi hayotga qadam qöyayotgan bitiruvçilar Uçinçi Renassansning mustahkam poydevorini yaratiş yölida ilm-marifat va kuç-ğayrat bilan xizmat qilişiga işonamiz.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶