16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:31
Salomatlik 👁 5,080

JAZIRAMA ISSIQDAN EHTIYoT BOʻLING!

JAZIRAMA ISSIQDAN EHTIYoT BOʻLING!

Hududimizda ancha yillardan buyon kuzatilmagan jazirama issiq bu yil aholini ancha shoshirib qoʻydi. Chunki yurtdoshlarimiz koʻp yillardan buyon havo haroratining bunchalik oshganini koʻrishmagan edi.

Bunday paytlarda har birimiz yoz faslining qoidalariga amal qilib, oʻzimizni oftob urishidan yoki bir qancha yozgi kasalliklardan himoya qilishimiz lozim boʻladi.

Jazirama issiq paytida sogʻlik bilan bogʻliq muammo boʻlmasligi uchun chekishdan, spirtli ichimlik ichishdan tiyilish hamda kuchli ovqatlanish va jismoniy harakatni kamaytirish tavsiya etiladi.

Oftob urganda boʻshashish, koʻngil aynishi, bosh aylanishi, qayt qilish, qaltiroq bosishi yoki hushdan ketish holatlari namoyon boʻladi.

Oftob urishining oldini olishda quyidagilarga amal qilishingizni tavsiya etamiz:

- kun qizigan vaqtda quyoshda jismoniy mashgʻulot bajarmaslik;

- havo oʻtkazadigan yupqa, tabiiy matodan boʻlgan kiyim kiyish;

- sovutilgan choy, kvas va mineral suv ichish;

- issiq vaqtda spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmaslik.

Oftob urgan bemorni tezda soya yoki salqinga olib boring, unga sovutilgan choy yoki tuz solingan suv ichiring;

- badanni qisib turadigan ust kiyimlarini yechib tashlang;

- uni sinchiklab kuzating, sogʻligining yanada yomonlashuviga yoʻl qoʻymang;

- sovuq suv shimdirilgan matoda badanini artib chiqing, tomoq, boʻyin va gavda qismlariga, bosh tomir oʻtgan joylarga asosiy eʼtibor berish zarur;

- agar muolaja yordam bermasa, tibbiy yordam xizmatini chaqiring.

Oftob urganda jabrlangan insonning nafas olishi toʻxtashi, miokard infarkti boʻlishi mumkin, shu tufayli jonlantirish ishlari (sunʼiy havo yuborish va yurakni massaj qilish)ga ham tayyor boʻlish kerak.

Badanga aslo spirt surtmang, chunki spirt badanning mayda teshiklarini yopib, issiqlikning chiqishini toʻsib qoʻyadi. Jabrlangan odamni sovutilgan suvli vannaga joylashtirmang, chunki vanna koʻkrak qafasining qisilishiga va nafas olish yoʻllarining oʻtkazuvchanligiga taʼsir qiladi.

Choʻmilish havzalari sohilida uzoq muddat turib, birdaniga oʻzingizni suvga tashlasangiz, organizmingizdagi harorat keskin tarzda tushib ketishi natijasida nafas olish ogʻirlashib, yurakning toʻxtab qolishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun suvga tushishdan oldin qoʻl, oyoq, gavda va boshqa aʼzolarni suv bilan artib chiqishni unutmang.

Yozni maroqli oʻtkazing, oʻzingizni asrang!

Toshpoʻlat QOʻChQOROV,

tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi.

Jumaboy YaVQAShEV,

tuman KTMP "Salomatlik” boʻlimi mudiri.

(Foto - http://storage.kun.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026